T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Yoshga doir pensiya 
Pensiya jamg’armasining xarajatlarida 
asosiy o’rin egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo’lmagan, umumiy 
mehnat stajiga ega 
bo’lgan va 60 yoshga etgan erkaklarga, 20 yildan 
kam 
bo’lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan va 55 yoshga 
etgan ayollarga belgilanadi. Istiqbolda mamlakatimizda bosqichma- 
bosqich fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshlarini oshirish ko’zlangan 
bo’lib, ayollar uchun 58 yosh, erkaklar uchun 63 yosh yoshga doir 
pensiyaga 
chiqish 
yoshi 
deb 
belgilanishi 
rejalashtirilmoqda. 
Shaxslarning 
alohida 
toifalari 
(urush 
nogironlari 
va 
ularga 
tenglashtirilgan shaxslar, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, 
liliputlar va pakanalar, kon sanoatidagi yetakchi kasb 
egalari bo’lgan 
xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon 
ishlarida ko’mir, ma’danlar va 
boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar 
qurilishida to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar, uchuvchilar 
va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, teatrlar va boshqa 
teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari, mehnat sharoiti 
zararli va 
og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar, 
bolalikdan nogiron farzandlarni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan onalar, 
nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, 
«Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari 
o’qituvchilari, ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va 
o’rta tibbiy xodimlari, qariyalar, nogironlar va yolg’iz fuqarolarga xizmat 
ko’rsatishda bevosita band bo’lgan ijtimoiy xodimlar va boshqalar) 
uchun yoshga doir (qarilik pensiyasi) imtiyozli tarzda tayinlanadi. 


Pensiya yoshiga etgan, lekin to’liq mehnat stajiga ega 
bo’lmaganlarga, agar u 
(hozirda 

yil, 
istiqbolda 
bosqichmag’bosqich oshirish rejalashtirilgan, avval 10 yil, keyin 12 
yil, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab 
berilgan mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi 
rejalashtirilgan) yildan kam bo’lmasa, to’liqsiz staj bo’yicha yoshga 
doir pensiya belgilanadi. 
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi 
o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining 
o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud 
korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va 
ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 yoshga to’lganda va ish staji 
kamida 25 yil bo’lgan taqdirda, ayollar — 53 yoshga to’lganda va ish 
staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda yoshga doir pensiyalarni 
muddatidan oldin olish huquqiga ega bo’ladilar. 
Yoshga doir pensiyal
ar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i 
nazar, oxirgi o’n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket 
besh yil uchun (pensiya tayinlashni so’rab murojaat etgan kishining 
tanlovi bo’yicha) hisoblangan bir oylik o’rtacha ish haqining 55%i 
(biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam 
bo’lmagan miqdorda) yoshga doir pensiyaning bazaviy miqdori 
hisoblanadi (bunda bugungi kunda pensiyani hisoblash uchun 
qonun hujjatlarida pensiya tayinlanadigan sanaga belgilangan eng 
kam oylik ish haqining 
o’n baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan 
summadagi o’rtacha oylik ish haqi qabul qilinadi hamda pensiya 
tayinlash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqi eng kam 
oylik ish haqi miqdoridan kam bo’lgan yoki ish haqi to’g’risidagi 
ma’lumotlar to’liq mavjud bo’lmagan hollarda pensiya miqdori qonun 
hujjatlarida pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilingan kunda 
belgilangan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy 
koeffitsient hisobga olinmasdan hisoblab chiqiladi) hamda pensiyani 
belgilash uchun talab qilinadigan umumiy mehnat stajidan ortiqcha 
bo’lgan har bir to’liq yil uchun o’rtacha oylik ish haqining 1% 
miqdorida qo’shimcha o’rnatiladi. To’liqsiz stajga ega bo’linganda 
(bugungi kunda kamida 7 yillik ish staji bo’lganda) pensiyaning 
miqdori erkaklarga nisbatan 25 yil va ayollarga nisbatan 20 yil qilib 
belgilangan 
to’liq stajlarga muvofiq ravishda tayinlangan to’liq 
pensiyalarga proportsional ravishda belgilanishi kerak. Biroq bunday 
pensiyaning miqdori qonunchilikda belgilangan yoshga doir eng kam 
pensiyaning 50 foizidan miqdoridan kam 
bo’lmasligi lozim. 


Yoshga doir pensiyalar bo’yicha quyidagi ustamalar belgilanishi 
mumkin: 

I guruh urush nogironlariga 
— eng kam oylik ish haqining 150 
foizi; 

II guruh urush nogironlariga 
— eng kam oylik ish haqining 125 
foizi; 

ko’rish bo’yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish 
haqining 100 foizi; 

I guruh nogironlariga 
— eng kam oylik ish haqining 75 foizi; 

II guruh yolg’iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 50 
foizi; 

urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 
— eng kam oylik ish haqining 50 foizi; 

1941 
— 1945 yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan 
va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga 
— eng kam oylik ish 
haqining 30 foizi; 

o’limi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar 
organlarida xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan harbiy xizmatchilar va 
ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohga 
kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga) 
— eng kam oylik ish 
haqining 30 foizi; 

O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega 
bo’lgan shaxslarga — xizmatlarga qarab eng kam oylik ish haqining 
100 foizidan 150 foizigacha; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni 
qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida» 1995 yil 28 
oktyabrdagi 415-
son qarorida ko’rsatilgan tashkilotlarda ishlagan 
imtiyozli pensiya olis
h huquqiga ega bo’lgan artistlarga yoshidan 
qat’i nazar — eng kam oylik ish haqining 75 foizi; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni 
qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995 yil 28 
oktyabrdagi 
415-
son qarorida ko’rsatilgan lavozimlarda va 
tashkilotlarda ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar 
uchun kamida 20 yil) teatr, kontsert tashkilotlarining artistlari va 
badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’atining ijodiy xodimlarini 
tayyorlash bilan band bo’lgan ta’lim muassasalarining professor- 


o’qituvchilar tarkibiga va kontsertmeysterlariga — eng kam oylik ish 
haqining 50 foizi; 

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni uchun ustamalar eng kam 
oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi. 
Respublika teatr-kontsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa 
san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalaridan ishdan 
bo’shagandan so’ng pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat 
etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab belgilanadi. 
Ustama 
haqlardan 
tashqari, 
ishlamaydigan 
pensionerlarga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun 
to’lovlar miqdorini oshirish to’g’risida” 2007 yil 17 dekabrdagi PF- 
3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun 
qo’shimcha haq, 100 yoshga to’lgan va undan oshgan fuqarolar 
pensiyasiga esa har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashni 
yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 
2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq eng kam 
oylik ish haqining 100 
foizi miqdorida qo’shimcha to’lov qo’shib 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin