boshlangan paytga qadar qonunchilikda belgilangan ish stajiga ega
bo’lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga to’lgunga qadar umumiy
kasallik
tufayli ish
davrida yoki ishlash to’xtatilganidan keyin nogiron
bo’lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda
beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan
nogironlik pensiyasiga o’tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab
belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
I va II guruh nogironlariga
nogironlik pensiyasi uchun
—
pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish
haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan
kam
bo’lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy miqdorlari
belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir
pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash uchun
talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir
to’liq yili uchun nogironlik
pensiyalarning bazaviy miqdorlari I va
II guruhlar nogironlariga
nogironlik pensiyalari
— pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan
o’rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi. Mehnatda mayiblanish
yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruhlar nogironlariga
nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo’yicha
pensiya
tayinlangan kunda qonunchilikda nazarda tutilgan ish staji mavjud
bo’lganda oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish
stajiga ega bo’lmagan
umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik
pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi va uning miqdori
I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun
— yoshga doir eng
kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh nogironlariga nogironlik
pensiyalari uchun
— yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan
kam
bo’lmasligi lozim.
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr
mobaynida o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: