sog’liqni
mustahkamlash
bo’yicha
turli-tuman
tadbirlar,
kasallanishdan ogohlan-tirish, uning oldini olish va uni kamaytirish,
nogironlar va qariyalarni
internat-uylarga joylashtirish, moto-
velokolyaskalar va avtomobillar bilan ta’minlash, pro-tezlashtirish va
h.k.lar orqali namoyon bo’ladi.
5.
Ijtimoiy ta’minotni boshqarish va tashkil qilishning
demokratik xarakterdaligi
printsipi
– bu ijtimoiy ta’minotning barcha
masalalarini
yechishda
namoyon
bo’ladi.
Bunda
kasaba
uyushmalarining roli, ayniqsa, yuqoridir.
Ularning vakillari pensiya
tayinlash komissiyalarining ishida bevosita ishtirok etadi. Ma-halliy
hokimiyat organlarining ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash bo’yicha
doimiy komissiyalari ham mehnatkashlarning ijtimoiy ta’minoti
bo’yicha katta ishlarni amalga oshiradi.
22.2. Davlat pensiyasi va
jamg’arib boriladigan pensiya
ta’minoti
Aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha choralarning tarkibida
davlat pensiyalari muhim o’rin egallaydi. Pensiya ta’minotining
ijtimoiy
ahamiyati
shu
bilan
aniqlanadiki,
hozirgi
paytda
O‘zbekistondagi ko’plab qariyalar, nogironlar va ularning oila a’zolari,
boquvchisini yo’qotganlarning hayotiy muhim manfaatlariga o’z
ta’sirini ko’rsatadi.
Bozor
munosabatlariga o’tilishi munosabati bilan davlat pensiya
tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi. Pensionerlarning
daromadlari
doimiy ravishda baholarning darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik
bo’yicha (yoshga doir) pensiyaning o’rtacha miqdori hayotning yashash
darajasidan ancha past. Shu munosabat bilan iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti bo’yicha
huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini
kuchaytirish va pensiya
tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida
mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda.
Pensiya tizimini isloh qilishning negizida pensiya to’lanmalarini
moliyalashtirishnin
g jamg’ariladigan printsiplari asosida tashkil qilish
yotadi. Unga muvofiq ravishda pensiyalarning quyidagi uch
darajasini o’rnatish ko’zda tutilmoqda:
jamg’ariladigan pensiyalar –
yollanib ishlaydigan-larga
beriladi, butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga
nisbatan ajratmalar va bu ajratmalarni saqlab o’z oborotida
foydalanganligi uchun ular tomonidan to’lanadigan foizlar
hisobidan
amalga oshiriladi;
ijtimoiy
pensiyalar
– o’zlariga pensiya to’lanma-larining
to’lanishi uchun zarur bo’lgan mablag’larni jamg’armagan va hayot
kechirish uchun zaruriy mablag’larga ega bo’lmagan shaxslarga
umumiy soliqlar yoki majburiy ajratmalar hisobidan
to’lanadi;
qo’shimcha pensiyalar – alohida toifadagi ish beruvchilardan
undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy
ravishda o’tkazilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
Sekin-astalik bilan, oxir-
oqibatda, jamg’ariladigan pensiya
pensiyaning asosiy ko’rinishiga (turiga) aylanmog’i lozim.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida “Fuqarolarning
davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq pensiyaning
quyidagi turlari qo’llanilib kelinayapti:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi.
Dostları ilə paylaş: