l
ozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. Ishni vaqtinchalik to’xtatish
yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil
olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til
davrida
homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilgan holda, nafaqa
ko’rsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo’lgan
kundan boshlab beriladi.
Xodim yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tilda
va bolani
parvarishlash uchun ta’tilda bo’lgan vaqtda homiladorlik va tug’ish
bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug’ish bo’yicha
ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan
barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo’yicha ta’til
davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til
boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning
o’rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi.
Bunda vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo’lgan tarif
stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsienti va ustamalarni
hisobga olgan holda olinadi.
Ish
haqi to’lash to’xtatilib, ishdan (lavozimdan)
chetlashtirish
oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha
ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa
to’lanmaydi. Agar homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til ishga
qo’yilgandan keyin ham davom etadigan bo’lsa, nafaqa u ishga
chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha
nafaqa tayinlanganda ham,
ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.
Dostları ilə paylaş: