Davlat kreditini boshqarish jarayonida
quyidagi vazifalarni
yechish ko’zda tutiladi:
qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish;
bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to’lib
ketishiga va ular
kursining keskin tebranishiga yo’l qo’ymaslik;
jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan
kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish;
kreditlarning o’z vaqtida qaytrilishini ta’minlash;
moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish.
Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari,
moliya va
kredit institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat
hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank
bilan hamkorligida ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: