T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Davlat qarzlarini boshqarish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

23.6. Davlat qarzlarini boshqarish 
 
O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy 
organi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet 
defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan 
mablag’lar va byudjet mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning 
maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli 
qog’ozlarni 
chiqarishning 
chegaraviy 
hajmini 
O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati 
– O‘zbekiston Respublikasi Vazir-lar 
Mahkama
si o’rnatadi. 2019 yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi 
mamlakatda yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur. 
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish 
uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq: 

tashqi qarzlarni olish davlat dasturi; 

ichki qarzlarni olish davlat dasturi. 
Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini 
ko’rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo’lgan 
qarzlar ro’yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining 
loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak. 
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga 
bo’lib, 
aks ettiriladi: 

bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar); 

maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). 
Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida- 
alohida quyidagilar o’z ifodasini topishi kerak: 

bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: 
(qarzlar) 
bo’yicha: 
a) jalb qilish manbalari
b) qarzga olish summalari; 
v) qaytarish muddatlari. 

maqsadli xorijiy qarzga olishlar: 
(qarzlar) 
bo’yicha: 
a) yakuniy oluvchi; 
b) qarzga olishning maqsadi va foydalanish 
yo’na-lishi; 
v) qarzga olish manbasi; 
g) qazga olish summasi; 
d) qarzni qaytarish muddatlari; 
e) 
mablag’larni byudjetga qaytarish bo’yicha uchinchi 
shaxsning kafolati; 


yo) 
navbatdagi 
moliyaviy 
yil 
boshlangunga 
qadar 
foydalanilgan mablag’lar hajmining baholanishi; 
j) navbatdagi moliyaviy yilda mablag’larning foydalanish 
hajmi prognozi (bashorati). 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
nomidan 
davlat 
qimmatli 
q
og’ozlarining yagona emitenti bo’lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va 
u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda 
ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi. 
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarning 
mablag’larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, 
byudjetdan 
moliyalashtiri-layotgan 
tashkilotlarning 
qarzlarini 
kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlatning 
qimmatli qog’ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo’li bi-lan 
qarz ma
blag’larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan 
to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning 
byudjetdan tashqari jamg’arlariga ham tegishlidir. 
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil 
funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir 
obligatsiyani muomalaga chiqarish emissiyasida barcha yagona va 
jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga 
olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy funksiyasini 
Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot 
bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining topshirig’iga 
ko’ra 
va 
respublika 
byudjetining 
mablag’lari 
hisobidan 
obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda 
to’lovlarni amalga oshiradi. 
Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya 
vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va 
mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli 
qog’ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 

“olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard 
stavkalarini oshirish (ko’tarish), qimmatli qog’ozlar va valyuta 
bozorlarida Markaziy bankning interventsiyasi. Biroq bunday 
choralar qisqa vaqt 
– 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi; 

xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog’ozlar bozoriga ta’sir 
ko’rsatish uchun qarz olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi 
to’g’risida ishonch bo’lishining o’zi etarlidir. Yuqoridagi choralar 
singari bu g
uruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum darajada va 
ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham 
bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi; 



davlat qimmatli qog’ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini 
olishga samarali va uzoq 
muddatli ta’sir ko’rsatishga uzoq muddatli 
monitar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan chetga 
chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning undirilishini 
tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-yotning 
o’sishiga 
erishish va 
h.k.lar) qo’llanilsagina, erishish mumkin. 
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish 
sur’atlari va sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O‘zbekiston 
Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning 
uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir 
kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati 
va valyuta siyosati o’rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat 
moliya tizimidagi o’rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari 
bilan bog’liqligini aniqlash juda muhimdir. Davlat qarzlarini 
boshqarish kontseptsiyasini ishlab chiqishda eski majburiyatlarni 
ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi etarli darajada 
xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga olinmog’i kerak. 
Shuningdek, 
davlat 
qarzlarini 
tartibga 
solishning 
yagona 
kontseptsiyasi ishlab chiqilayotgan paytda bu qarzlar hajmining 
asoslanmagan tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirish yo’lida ta’sirchan to’siq bo’lishi mumkinligi ham nazardan 
chetda qolmasligi lozim. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin