Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari
bo’yicha O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan sodir etiladi.
Jismoniy
shaxslarning
majburiyatlari
bo’yicha
O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi,
shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluv-chidan haq
olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga
hamda davlat tomonidan ic
hki va xorijdan mablag’
jalb qilish
bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib
chiquvchi
to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga
shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida kafolat
jamg’armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg’armani tashkil etish va undan
foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda
davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan
kuchaymoqda. Agar avval byudjetdan moliyalashtirishga asosiy
e’tibor qaratilgan bo’lsa, keyingi yillarda og’irlik
markazining kredit
munosabatlari tomon
o’zgarayotganligi sezilib turibdi. Chunki kredit
munosabatlari mablag’lardan foydalanishda byudjet re-surslarining
katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali usul
hisoblanadi.
Davlatning kreditor sifatidagi o’rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan
belgilanadi. Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki
ko’rinishga
ega (bu degani, hamma davlatlar amaliyotida ham
bo’lishi
mumkin
emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi mumkin):
byudjet kreditlari;
byudjet ssudalari.
Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish shakli
bo’lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag’
berilishini ko’zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi
byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki
chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir.
Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar quyidagilar bo’lishi
mumkin:
byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit
tashkilotlaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish
huquqiga
ega
emas
(byudjet
va
byudjetdan
tashqari
jamg’armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda);
davlat unitar korxonalari;
byudjet tashkiloti va davlat unitar
korxonasi bo’lmagan yuridik
shaxslar;
ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari.
Byudjet kreditlarini qaytarish bo’yicha ijroni ta’minlashning
usullari faqat bank kafolatlari, mol-
mulk garovi bo’lishi mumkin.
Yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag’larini qaytarish va ulardan
foydalanganlik uchun
haqini to’lash byudjet to’lovlariga tenglashtiriladi.
Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin berilgan byudjet
mablag’lari bo’yicha to’lov muddati o’tib ketgan qarzlari bo’lmagan
yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Moliya
vazirligi
kelgusi
yil
uchun
byudjet
loyihasi
tayyorlanayot
gan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo’lgan
byudjet kreditlarining umumiy hajmini
aniqlaydi va investitsion
loyihalarning tanlovini o’tkazish uchun kelgusi moliya yilining
boshlanishidan to’rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga
etkazadi.
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning
markazlashtirilgan
investitsion
resurslarini
tanlov
asosida
joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda
talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana quyidagilar
taqdim qilinishi lozim:
ijroiya hokimiyat organlarining import bo’yicha sotib olinishi
rejalashtirilayotgan
asbob-uskunani
mamlakat
korxonalarida
tayyorlashning iloji yo’qligi va ularni import bo’yicha sotib olish
maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;
ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko’rsa-tilgan
holda qarz mablag’larini to’liq qaytarishning
moliyaviy hisob-kitoblari;
da’vogarda avans to’lovlarini amalga oshirish uchun o’z
mablag’lari borligining tasdiqlanganligi.
Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat organlari
va barqaror moliyaviy-
iqtisodiy ahvolga ega bo’lgan uchinchi
shaxslarning iltimosnomalari hamda yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar
garovi asosida taqdim etiladi. Ta’minotning bunday turlari riskning
baholani
shiga bog’liq bo’lgan holda turli kombinatsiyalarda
qo’llanilishi mumkin.
Ssudalarning miqdori tanlovdan o’tgan loyiha uchun uni
moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda,
uning 40%dan) oshmasligi lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi
byudjet manbalariga muqobil bo’lgan manbalar hisobidan qoplanishi
kerak.
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog’liq va
notijoriy
xarakterga
ega
bo’lgan
investitsion
loyihalarni
moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100%
moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin.
Davlat tomonidan xorijiy davlatlarga, ularning
yuridik shaxslariga
va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular
bo’yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro
tashkilotlarning kreditor sifatida davlat oldida vujudga kelgan qarz
majburiyatlari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat
oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to
’g’risidagi qonunda
bu
qarzlarga tegishli bo’lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak:
xorijiy davlatlarning qarzlari bo’yicha qaytarilish (uzilish)
summalari va foizlarining
to’lovi;
moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining
miqdori;
xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan
davlat kreditlarining
maksimal hajmi;
moliyaviy
yilda
ularning
oluvchilari,
maqsadlari
va
kreditlashtirish miqdorlari ko’rsatilgan holda kreditlar ro’yxatidan
iborat bo’lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish
dasturi.