T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

24.5. Mol-mulk 
sug’urtasi 
 
Yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urta xizmatlarini ko’rsatish 
sug’urta turlari bo’yicha ishlab chiqilgan sug’urta shartnomalarini 
tuzish yoki sug’urta polislarini rasmiylashtirish orqali amalga 
oshiriladi. Sug’urta turlari ob’yekti va shakliga ko’ra farqlanadi. 
Masalan, mulk sug’urtasida sug’urta ob’yekti sifatida yuridik va 
jismniy shaxslarga tegishli mol-mulklar, moddiy boyliklarni but 
saqlash bo’yicha manfaat yuzaga chiqadi. 
Mulkni sug’urtalashning o’zi bir qator sug’urta turlarini o’z ichiga 
oladi. Yuridik shaxslarning mol-
mulkini sug’urtalash, jismoniy 
shaxslarning mol-
mulkini sug’urtalash va boshqalar mulkni 
sug’urtalash turlariga misol bo’ladi. 
Mut
axassislarning fikriga ko’ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda 200 
dan ziyod sug’urta xizmatlari turlari ishlab chiqilgan va salohiyatli 
mijozlar 
e’tiboriga 
etkazilgan. 
Mamlakatimizda 
faoliyat 
ko’rsatayotgan sug’urta tashkilotlari o’rtacha 30-40 ta sug’urta 
xiz
mat turlarini ko’rsatadi. Sug’urta xizmatlari turlari ixtiyoriy va 
majburiy shakllarda amalga oshiriladi. 
Mulkiy sug’urta hayot sug’urtasidan tashqari umumiy sug’urta 
tarmog’ida eng asosiy sug’urta turlarini o’z tarkibiga oladi. Hayotiy 
tajribadan 
ma’lumki, har qanday korxona, tashkilot yoki fuqaro o’z 
mol-mulkini avaylab-
asrashga harakat qiladi. Ammo, oldindan ko’rib 
bo’lmaydigan ko’ngilsiz voqealarning tasodifan sodir bo’lishi 
oqibatida bu mol-
mulklar zararlarlanadi yoki butunlay nobud bo’ladi. 
Rejali iqtisodiyot tizimida barcha korxonalar davlat tasarrufida 
bo’lganligi bois bunday voqelarning ro’y berishi natijasida etkazilgan 
zararlar, aksariyat holatlarda, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan 
qoplangan. 
Ammo, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga 
o’tkazish bilan 
bog’liq iqtisodiy islohotlar mulkiy munosabatlarni tubdan o’zgartirib 
yubordi. Mulklar davlat tasarrufidan chiqarilishi tufayli xususiy va 
boshqa mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar barpo etildi. 
Tabiiyki, yangi sharoitda davlat xususiy sektordagi korxona va 
tashkilotlarning mulkiy manfaatlariga etkazilgan zararlar uchun 
mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi. Bir tomondan, bozor sharoitida 
raqobatning mavjud bo’lishi hamda turli ichki va tashqi xavf-xatarlar 
tadbirkorlik faoliyatini bir maromda amalga oshirishga tahdid solsa, 
ikkinchi tomondan, yuqori foyda olishga intilish katta tavakkalchiliklar 
qilishni talab etadi. 


Mulk sug’urtasi sug’urta tashkiloti va yuridik yoki jismoniy shaxs 
bilan tuzilgan sug’urta shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-moddasida 
sug’urta shartnomasining muhim shartlari ko’rsatilgan bo’lib, 
sug’urta tashkilotlari sug’urta shartnomalarini tuzishda mazkur 
shartlarni e’tiborga olishlari lozim. Bu shartlar quyidagilardan iborat: 
Mulkiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan 
sug’urtalovchi o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga erishilishi 
lozim: 
sug’urta ob’yekti bo’lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa 
mulkiy manfaat to’g’risida; 
yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta amalga oshirilayotgan voqea 
(sug’urta hodisasi)ning xususiyati to’g’risida; 
sug’urta puli miqdori to’g’risida; 
sug’urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to’g’risida, agar 
shartnomada uni sug’urta pulidan oz miqdorda to’lash mumkinligi 
nazarda tutilgan bo’lsa; 
sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati 
(muddatlari) 
to’g’risida; 
shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida. 
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar 
ham kiritilishi mumkin. 
Agar sug’urta shartnomasi sug’urta 
qildiruvchi, sug’urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan 
fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga 
nisbatan 
yomonlashtiradigan 
shartlarni 
o’z 
ichiga 
olsa, 
shartnomaning ana shu shartlari o’rniga qonun hujjatlarining tegishli 
qoidalari qo’llaniladi. 
Yuridik shaxslarning quyidagi mulklarini saqlash bilan bog’liq 
ularning mulkiy manfaati sug’urta ob’yekti sifatida qabul qilinishi 
mumkin: 

binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish 
ob’ektlari; 

ishchi mashinalar, uzatish qurilmalari, quvvat beruvchi uskunalar; 

inventar; 

tovar zaxiralari, xom-
ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar. 
Sug’urtalanuvchiga mulk huquqi sifatida tegishli bo’lgan mol- 
mulklar ham, ijara va keyinchalik egalik huquqini berish sharti bilan 
qabul qilingan mol-
mulklar ham sug’urtalanishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yilning 
27 noyabridagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish 
chora-
tadbirlari to’g’risida” 413-sonli qarorida “mol-mulkni olovdan 


va tabiiy ofatlardan sug’urta qilish” 8-klassga oid ekanligi 
ko’rsatilgan. Yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki, 
tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi, 
zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo’qotilganda 
yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi 
sug’urta turlarining jami Hukumat qarori bilan tasdiqlangan 
“Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning 8-klassiga mos keladi. Do’l, 
qalin qor yog’ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o’g’irlik 
qilish va boshqa voqealar natijasida mol-
mulk yo’qotilganda yoki 
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi 
sug’urta turlari 9-klass doirasida amalga oshiriladi. 
Sug’urta hodisalari sug’urtalanuvchilarning qo’pol ehtiyotsizligi, 
atayin hatti-harakati natijasida voqea sodir etilsa va uning 
natijasida mol-
mulkka zarar etkazilsa, bu zararlar sug’urtalovchi 
tomonidan qoplanmaydi. Shu yerda siyosiy risklarni sodir bo’lishi 
oqibatida ko’rilgan zararlar ham qoplanmasligini eslatib o’tish 
o’rinli deb hisoblaymiz. 
Sug’urta 
tashkilotlari 
tomonidan 
“Sug’urta 
faoliyati 
klassifikatori”ga muvofiq, umumiy sug’urta tarmog’ining 8-klassi - 
“Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug’urta qilish”da qayd 
etilgan shartlarda, ya’ni yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki, 
tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi, 
zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk yo’qotilganda yoki 
shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi 
sug’urtaning turlari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur 
klassifikatorning 9-klassi ham mol-
mulklarni sug’urta qilishga oid 
bo’lib, u “Mol-mulkni zarardan sug’urta qilish” deb ataladi. 9- 
klassning mazmuni 8-
klassda ko’rsatilmagan do’l, qalin qor yog’ishi 
yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o’g’irlik qilish va boshqa 
voqealar natijasida mol-
mulk yo’qotilganda yoki shikastlanganda 
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari 
jamidan iborat. 
Shuni al
ohida ta’kidlash joizki, mol-mulkni sug’urta qilish 
huquqiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan 8 va 
9-
klasslar bo’yicha litsenziya olgan barcha sug’urta tashkilotlari 
haqlidir. 
Mol-
mulkni sug’urta qilish sug’urtalovchilar bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. 
Sug’urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy 
munosabatlarini belgilab beruvchi xujjatdir. Shartnomada franshiza 


qo’llanilishi mumkin. Franshiza - yuridik shaxslar ko’rgan zararning 
muayya
n qismi bo’lib, sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urta 
tashkiloti ana shu qism doirasida javobgar bo’lmaydi va u to’lanishi 
kerak bo’lgan sug’urta qoplamasidan chegirib tashlanadi. 
Sug’urtalovchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli mol- 
mulklarni yo
ng’in, zilzila, toshqin, suv bosishi, ko’chki, bo’ron, er 
cho’kishi, ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilishi natijasida to’liq 
yoki qisman nobud bo’lganda sug’urta qoplamasini, sug’urtalanuvchi 
bo’lgan yuridik shaxslar esa sug’urta mukofotini o’z vaqtida to’lash 
va shartnomaning boshqa shartlarini bajarish majburiyatini o’z 
zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar sug’urta tashkiloti 
va yuridik shaxslar o’rtasida mol-mulkni sug’urtalash bo’yicha 
tuzilgan shartnomaning predmetini tashkil etadi. 
Suturtalovchining 
majburiyatlari 
sug’urta 
mukofoti 
sug’urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan paytdan 
e’tiboran kuchga kiradi. So’ng sug’urta polisi sug’urtalanuvchiga 
shartnomada ko’rsatilgan muddat ichida beriladi. 
Mol-
mulk 
sug’urtasi 
bo’yicha 
yuridik 
shaxslar 
hamda 
sug’urtalovchi 
o’rtasida 
tuzilgan 
sug’urta 
shartnomasida 
tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettiriladi. 
Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning 
majburiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

sug’urta ob’yektini ko’zdan kechirish uchun imkoniyat yaratib 
berish; 

sug’urta mukofotlarini o’z vaqtida to’lash; 

shartnoma 
tuzilayotganda 
sug’urtalovchiga 
sug’urta 
tavakkalchiligini baholash uchun ahamiyat kasb etuvchi o’ziga 
ma’lum barcha holatlar haqida, shuningdek mazkur sug’urta ob’yekti 
bo’yicha tuzilgan yoki tuzilajak hamma sug’urta shartnomalari 
to’g’risida ma’lumot berish; 

Sug’urta hodisasi yuz berganda sug’urtalangan mulkiga zarar 
etkazilishining oldini olish va zararni kamaytirish uchun zarur 
choralar
ni ko’rish va sug’urtalovchiga sug’urta hodisasi sodir 
bo’lganligi haqida sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan muddatlarda 
xabar berish. 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar sug’urtalangan mulkini ko’zdan 
kechirish uchun sug’urtalovchiga taqdim qilishi yoki mulkning barcha 
zararlangan qismlarining fotosurati yoki videolavhasini oldirishi va 
tiklash ishlari boshlangunga qadar o’zi qiladigan ishlarni 
sug’urtalovchi bilan kelishib olishi kerak. 


Yuridik yoki jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega bo’lishi 
mumkin: 

butun mulkni va ayrim ob’ektlarni tomonlarning qo’shimcha 
kelishuvi yoki yangi sug’urta shartnomasi shartlari asosida 
qo’shimcha sug’urtalash; 

sug’urta hodisasi sodir bo’lganda mustaqil ekspertiza 
o’tkazilishini talab qilish; 

sug’urta shartnomasi amalda bo’lgan davrda sug’urtalovchidan 
sug’urta masalalari borasida maslahatlar olish; 

sug’urtalovchi bilan kelishgan holda sug’urta shartnomasiga 
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish. 
Yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida sug’urta shartnomasiga 
muvofiq sug’urta tashkiloti quyidagi majburiyatlarga ega bo’ladi: 

shartnomada belgilangan muddatlarda sug’urta polisini berish 
va shartnoma tuzishda asoslanilgan sug’urtalash qoidalari bilan 
tanishtirish; 

sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan sug’urta hodisalari yuz 
berganda sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi haqidagi dalolatnoma 
asosida sug’urta qoplamasi to’lash; 

sug’urtalanuvchi bilan bo’ladigan munosabatlarda mahfiylikni 
ta’minlash. 
Shu bilan bir qatorda sug’urta tashkilotining huquqlari 
quyidagilard
an iborat bo’lishi mumkin: 

agar sug’urta hodisasi: 
a) 
sug’urtalovchining sug’urta hodisasini keltirib chiqarish uchun 
ataylab qilgan hatti-harakatlari natijasida yuz bergan 
bo’lsa; 
b) 
sug’urtalanuvchi tavakkalchilikdagi jiddiy o’zgarishlar haqida 
sug’urtalovchini boxabar qilgan bo’lmasa; 
v) sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi to’g’risida sug’urtalovchiga 
xabar bermagan yoki etkazilgan zarar tafsilotlari, turi va miqdorini 
aniqlashda sug’urtalovchi yoxud uning vakili ishtirok etishiga 
to’sqinlik qilgan bo’lsa; 
g) sug’urtalanuvchi zararni aniqlash uchun zarur bo’lgan 
hujjatlarni taqdim etmagan bo’lsa, sug’urta tovoni to’lashni rad etish; 

sug’urta shartnomasining muddati mobaynida sug’urtalangan 
mulkning ahvoli va qiymatini, shuningdek sug’urtalanuvchi o’z mulki 
haqida ma’lum qilgan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirish; 

sug’urtalanuvchidan sug’urta hodisasi haqida xabar kelishini 
kutib o’tirmasdan, sug’urta hodisasi etkazgan zararni ko’zdan 
kechirish va baholashga kirishish; 



sug’urta hodisasi yuz berish xavfining darajasini ifodalovchi 
qo’shimcha hujjatlarni talab qilib olish. 
Sug’urtalanuvchi bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar sug’urta 
mukofotini shartnomada ko’rsatilgan muddatda to’lamaganda 
shartnoma yuridik kuchini yo’qotishi mumkin. 
Agar sug’urtalangan mulkning yo’qolishi yoki zararlanishiga 
quyidagilar sabab bo’lsa sug’urta tashkiloti sug’urta javobgarligidan 
ozod etilishi mumkin: 
a) 
sug’urtalanuvchining majburiyatlari kuchga kirgunga qadar 
mulkda mavjud bo’lgan hamda sug’urtalanuvchi yoki uning 
vakillariga ma’lum bo’lgan kamchilik va nuqsonlar; 
b) 
sug’urtalangan 
mulkdan 
foydalanish 
qoidalarining 
sug’urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan buzilishi natijasida 
zarar etkazilishi; 
v) sug’urtalanuvchining yoki uning shartnoma bo’yicha 
sug’urtalangan mulk ishonib topshirilishi mumkin bo’lgan 
xodimlaridan, vakillaridan yoki boshqa shaxslardan birining 
ehtiyotsizligi, vijdonsizligi, nosamimiyligi, shuningdek mulkka 
mulkdorlik yoxud egalik huquqining qalloblik yo’li bilan boshqa 
shaxsga o’tkazilishi; 
g) doimiy ta’sir ko’rsatuvchi foydalanish omillari (eskirish, 
zanglab chirish) va ob-
havo omillari ta’sirida yoxud sug’urtalangan 
narsalardan foydalanmaslik oqibatida asta-sekin zararlanish; 
d) 
sug’urtalanuvchi yoki uning vakillari tomonidan yong’in 
xavfsizligi qoidalarining buzilishi; 
e) engil alangalanadigan modda va materiallarni saqlash yoki 
ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi; 
z) sug’urtalanuvchi zararlangan narsalarni yoki ularning 
qoldiqlarini sug’urtalovchiga ko’rsatishdan bosh tortgan taqdirda, 
butunlay yo’q bo’lib ketishi mumkin bo’lgan narsalar bundan 
mustasnodir; 
i) urush yoki urush harakatlari (urush e’lon qilingani- 
qilinmaganidan qati nazar), g’alayon, inqilob, qo’zg’olon, isyon, fitna, 
ish tashlash, noqonuniy y
o’l bilan hokimiyatni qo’lga olish, suiqasd, 
qo’poruvchilik harakati, amalda yoki qonuniy mavjud bo’lgan 
hukumatning yoki biror hokimiyat organining farmoyishi bilan 
musodara qilish, rekvizitsiya, buzish yoki zararlantirish, yadro 
reaktsiyasi, yadro nurlanishi yoxud radioaktiv zararlanish. 
Ichki sanitariya texnikasi tizimlari buzilganda quyidagi: 
a) 
agar falokat sug’urtalanuvchining ehtiyotsizligi yoki noshud 
hatti-harakatlari tufayli yuz bergan; 


b) basharti falokat uchinchi shaxslarning ataylab qilgan yoki 
ataylab qilmagan xatti-harakatlari oqibatida yuz bergan hollarda 
sug’urta tashkiloti etkazilgan zarar uchun javob bermaydi. 
Sug’urta qoplamasi sug’urtalanuvchining zararni qoplash 
to’g’risidagi 
yozma arizasi, shuningdek, vakolatli organlardan 
olingan tegishli hujjatlar asosida to’lanadi. Bunday hujjatlarning 
taqdim 
etilmasligi 
sug’urtalovchiga 
ushbu 
hujjatlar 
bilan 
tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to’lashni rad etish huquqini 
beradi. 
Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi sodir bo’lgani haqida ariza 
bergandan 
so’ng 
komissiya 
tuzilib, 
uning 
tarkibiga 
sug’urtalanuvchining, sug’urtalovchining, zarur hollarda esa vakolatli 
tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi. 
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va 
miqdorini aniklaydi. Komissiya s
ug’urta hodisasini e’tirof ettan 
taqdirda yo’qotish va zararlar mikdori, shuningdek to’lanishi lozim 
bo’lgan sug’urta qoplamasining miqdori aniqlanadi. Tomonlar buni 
dalolatnomada qayd etadilar. 
Mazkur 
dalolatnoma 
sug’urtalanuvchiga 
sug’urtalovchi 
tomonida
n sug’urta tovoni to’lanishi uchun asos bo’ladi. 
Zarar sabablari va mikdori xususida tomonlar o’rtasida nizolar 
paydo bo’lgan hollarda mustaqil ekspertiza o’tkazilishi mumkin. 
Sug’urtalanuvchi 
zararni 
qoplash 
haqidagi 
arizasida 
quyidagilarni ko’rsatishi shart: 
-
sug’urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi; 
-
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda sug’urtalanuvchi qilgan ishlar; 
-
zarar miqdori va sug’urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug’urta 
tovonining miqdori. Bunda tegishli ro’yxat va summa ko’rsatilishi 
kerak; 
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon 
mikdori. 
Mabodo zarar to’liq qoplangan bo’lsa yoki sud qaroriga ko’ra 
zarar aybdor shaxs tomonidan 
qoplanadigan 
bo’lsa, 
sug’urtalanuvchi sug’urta tovoni olish huquqidan mahrum bo’ladi. 
Quyidagi hollarda sug’urta tovoni to’lanmaydi: 
-
agar sug’urtalanuvchi zarar etkazilishiga olib keluvchi hatti- 
harakatlarni ataylab yoki qo’pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki 
ularga yo’l qo’ygan bo’lsa; 
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni 
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo’lsa, 
tekshiruv tamom bo’lgunga qadar. 


Mabodo sug’urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun 
aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo’lsa, sug’urtalovchi 
sug’urta shartlariga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan pul bilan aybdor 
yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o’rtasidagi farqning o’zini 
to’laydi. 
Shartnoma imzolagandan so’ng tavakkalchilik darajasida ro’y 
bergan va sug’urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan 
barcha o’zgarishlar sug’urtalovchiga sug’urta shartlarini o’zgartirish 
hamda qo’shimcha sug’urta mukofoti to’lanishi talab qilish huquqini 
beradi. Sug’urtalanuvchi qo’shimcha sug’urta mukofotini to’lashdan 
bosh tortgan taqdirda m
azkur shartnoma yuridik kuchini yo’qotadi, 
to’langan sug’urta mukofoti esa qaytarib berilmaydi. 
Shartnomada kelishilgan zararlarni qoplash uchun sug’urtalovchi 
tomonidan amalga oshirilgan har bir to’lov majburiyatlar chegarasini 
ana shu to’lov miqdorida, ammo agar mas’uliyat chegarasini qayta 
tiklash 
uchun 
qo’shimcha 
sug’urta 
mukofoti 
to’lanmasa, 
dalolatnomada qayd etilgan zarar mikdoridan ko’p bo’lmagan 
hajmda kamaytiradi. 
Shartnoma tomonlar unda ko’rsatilgan majburiyatlarini bajarmay 
qo’ygunlariga qadar kuchda bo’ladi. 
Tomonlardan birining kamida 30 kun oldin beriladigan yozma 
arizasiga binoan shartnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. 
Agar sug’urtalanuvchi shartnomani muddatidan oldin bekor 
qilishini ma’lum qilsa, sug’urta mukofoti unga qaytarilmaydi. 
Sug’urta shartnomasi bekor qilinishini sug’urtalovchi talab etgan 
takdirda: 
a) 
sug’urtalanuvchiga sug’urta mukofoti muddati tamom 
bo’lmagan davrga mutanosib mikdorda qaytariladi, bunda o’tgan 
davrda qilingan xarajatlar sug’urta mukofotidan ushlab qolinadi; 
b) 
basharti sug’urta shartnomasi bekor qilinishining talab 
etilishiga 
ushbu 
shartnomada 
kelishilgan 
shartlarning 
sug’urtalanuvchi tomonidan buzilishi sabab bo’lsa, faqat sug’urta 
mukofoti muddati tamom bo’lmagan davrga mutanosib mikdorda 
qaytariladi. 
Sug’urta tovoni to’lash haqida dalolatnoma tuzilgandan keyin 
sug’urtalanuvchining zarar etkazilishi uchun javobgar shaxslarga 
nisbatan bo’lgan huquqlari to’langan pul miqdorida sug’urtalovchiga 
o’tadi. Bunda sug’urtalanuvchi aybdor shaxslardan talab qilish 
huquq
ini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni 
sug’urtalovchiga berishi shart. 


Sug’urtalanuvchi zarar etkazgan shaxsga bo’lgan da’vosidan 
yoki unga nisbatan bo’lgan talablarning amalga oshirilishini 
ta’minlovchi huquqlaridan voz kechganda, shuningdek regress 
talabni qo’yish uchun zarur bo’ladigan hujjatlarni sug’urtalovchiga 
berishdan bosh tortganda sug’urtalovchi sug’urta tovoni to’lashdan 
ozod 
bo’ladi. 
Shartnomaga kiritiladigan hamma qo’shimcha va o’zgartirishlar, 
shuningdek prolongatsi
ya, bekor qilish yoki to’xtatish tomonlarning 
roziligi bilan o’zaro xabar berilgan holda yozma ravishda amalga 
oshirilmog’i darkor. 
Sug’urta shartnomasidan kelib chiquvchi barcha nizo va 
kelishmovchiliklar tomonlarning muzokara olib borishi yo’li bilan hal 
etiladi, kelishuvga erishib bo’lmagan taqdirda esa tegishli muddat 
ichida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda qarab chiqish uchun xo’jalik sudiga oshiriladi. 
Yuridik shaxslar mulkini sug’urtasi bo’yicha sug’urta summasi 
mol-mulk balans qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Tarif 
stavkasini aniqlashda mol-
mulkning joylashgan o’rni, eskirganlik 
va risk darajasi kabi omillar hisobga olinadi. Jismoniy shaxslarning 
mol-
mulkini sug’urta qilishda sug’urta ob’yekti bahosi bozor narxi 
asosida aniqlanadi. 
Ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha tarif stavkasi sug’urta tashkiloti 
tomonidan risk darajasi, ish yuritish xarajatlari va bozordagi talab 
hamda taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Majburiy sug’urta 
turlari bo’yicha tarif stavkalari qonunchilikda belgilangan tartibda 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Sug’urta mukofoti tarif stavkasi asosida sug’urtaga qabul 
qilinayotgan ob’ektning sug’urta summasidan kelib chiqqan holda 
hisoblanadi. Misol. Korxonaga tegishli va su
g’urtalash uchun qabul 
qilingan stanokning qoldiq qiymati 150 000 so’m. Tarif stavkasi – 1,0 
foiz. Sug’urta mukofoti (Sm) quyidagicha hisoblanadi. 
150 000x1 
Sm =-----------------
= 1500 so’m 
100 
Sug’urta mukofotining miqdori va to’lash muddatlari sug’urta 
s
hartnomasida ko’rsatiladi. Shuningdek, sug’urta qildiruvchilar 
sug’urta tashkiloti bilan kelishgan holda sug’urta mukofotini bo’lib- 
bo’lib ham to’lashlari mumkin. Agar, sug’urta hodisasi sug’urta 
mukofotining bir qismi to’langandan so’ng ro’y bergan bo’lsa, u 
holda zarar sug’urta mukofotining to’langan qismiga mutanosib 


ravishda qoplanadi. Misol. Korxonaga tegishli stanokning qiymati 
150 000 so’m. Sug’urta summasi ham 150 000 so’mga teng. Tarif 
stavkasi 
– 1,0 foiz. Hisoblangan va sug’urtalovchiga to’lanishi lozim 
bo’lgan sug’urta mukofoti miqdori 1500 so’mni tashkil etadi. Sug’urta 
shartnomasi muddati 
– 1,0 yil. Sug’urta shartnomasida mazkur 
sug’urta mukofotini bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan. Shunga 
asosan sug’urta qildiruvchi shartnoma tuzilgandan so’ng 3 kun 
ichida hisoblangan sug’urta mukofotining 750,0 so’mini to’ladi. 
Sug’urta hodisasi shartnoma tuzilgandan so’ng 15 kun ichida sodir 
bo’ldi. Bunday holatda va mazkur sug’urta hodisasi sug’urta 
tashkiloti tomonidan tan olingan taqdird
a sug’urta qildiruvchiga zarar 
to’langan sug’urta mukofotiga mutanosib ravishda, ya’ni 50 foizi 
miqdorida qoplab beriladi. 
Sug’urta qoplamasi sug’urtalanuvchining zararni qoplash 
to’g’risidagi yozma arizasi, shuningdek vakolatli organlardan olingan 
tegishl
i hujjatlar asosida to’lanadi. Bunday hujjatlarning taqdim 
etilmasligi sug’urtalovchiga ushbu hujjatlar bilan tasdiqlanmagan 
zarar uchun tovon to’lashni rad etish huquqini beradi. 
Sug’urta hodisasi sodir bo’lganligi haqidagi xabarni sug’urta 
qildiruvchi sh
artnomada ko’rsatilgan muddati ichida sug’urtalovchiga 
etkazishi shart. Aks holda, sug’urta tashkiloti zararni qoplashdan voz 
kechishi mumkin. 
Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi sodir bo’lgani haqida ariza 
bergandan so’ng sug’urta tashkiloti tomonidan komissiya tuziladi va 
uning tarkibiga sug’urtalanuvchining, sug’urtalovchining, zarur 
hollarda esa vakolatli tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi. 
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va 
mikdorini aniqlaydi. Komissiya sug’urta hodisasini e’tirof ettan 
taqdirda yo’qotish va zararlar miqdori, shuningdek to’lanishi lozim 
bo’lgan sug’urta qoplamasining mikdori aniqlanadi. Tomonlar buni 
dalolatnomada qayd etadilar. 
Mazkur dalolatnoma sug’urtalanuvchiga sug’urta tashkiloti 
tomonidan sug’urta tovoni to’lanishi uchun asos bo’ladi. 
Zarar sabablari va miqdori xususida tomonlar o’rtasida nizolar 
paydo bo’lgan hollarda mustaqil ekspertiza o’tkazilishi mumkin. 
Sug’urtalanuvchi 
zararni 
qoplash 
haqidagi 
arizasida 
quyidagilarni ko’rsatishi shart: 
-
sug’urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi; 
-
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda sug’urtalanuvchi qilgan ishlar; 


-
zarar miqdori va sug’urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug’urta 
tovonining miqdori. Bunda tegishli ro’yxat va summa ko’rsatilishi 
kerak; 
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon 
mikdori. 
Mabodo zarar to’liq qoplangan bo’lsa yoki sud qaroriga ko’ra 
zarar aybdor shaxs tomonidan 
qoplanadigan 
bo’lsa, 
sug’urtalanuvchi sug’urta tovoni olish huquqidan mahrum bo’ladi. 
Quyidagi hollarda sug’urta tovoni to’lanmaydi: 
-
agar sug’urtalanuvchi zarar etkazilishiga olib keluvchi hatti- 
harakatlarni ataylab yoki qo’pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki 
ularga yo’l qo’ygan bo’lsa; 
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni 
muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo’lsa, 
tekshiruv tamom bo’lgunga qadar. 
Mabodo sug’urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun 
aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo’lsa, sug’urtalovchi 
sug’urta shartlariga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan pul bilan aybdor 
yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o’rtasidagi farqning o’zini 
to’laydi. 
Shartnoma imzolagandan so’ng tavakkalchilik darajasida ro’y 
bergan va sug’urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan 
barcha o’zgarishlar sug’urta tashkilotiga sug’urta shartlarini 
o’zgartirish hamda qo’shimcha sug’urta mukofoti to’lanishini talab 
qilish huquqini beradi. Sug’urtalanuvchi qo’shimcha sug’urta 
mukofotini to’lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma 
y
uridik kuchini yo’qotadi, to’langan sug’urta mukofoti esa qaytarib 
berilmaydi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin