T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

Davlat kreditining mazmun-mohiyati nimadan iborat? 

Davlat krediti qanday sub’yektlar o’rtasida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat va unda davlat qanday 
sifatlarda maydonga chiqadi? 

Davlat kreditida davlat qachon kafilga aylanadi? 

Davlat tomonidan kafolatning berilishi markazlash-tirilgan pul 
fondining, albatta, o’zgarishiga olib kelmasligi mumkinmi? Bu 
qanday holatlarda sodir bo’lishi mumkin? 

Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz) 
moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi 
qanday o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega? 



Umuman 
olganda, 
davlat 
krediti 
boshqa 
moliyaviy 
kategoriyalardan 
o’zining qanday xarakterli xususiyatlari bilan 
farqlanadi? 

Davlat krediti qanday funksiyalarni bajaradi? 

Davlat kreditini taqsimlash funksiyasining mazmuni nimadan 
iborat? 

Davlat kreditining tartibga solish funksiyasini xarakterlovchi 
misollar keltiring. 

Iqtisodiyotni tartibga solish vosita sifatida davlat kreditidan 
ongli ravishda foydalanish nimalarni anglatadi? 

Davlat krediti nazorat funksiyasining mazmuni nimadan iborat 
va u kimlar tomonidan amalga oshiriladi? 

Davlat kreditining nazorat funksiyasi qanday xarakterli 
belgilarga ega? 

Davlat krediti qanday belgilarga ko’ra klassifikatsiya qilinadi? 

Emitentlar 
bo’yicha davlat krediti qanday guruhlarga bo’linadi? 

Joylashtirilish joyiga qarab davlat krediti nimalardan tashkil 
topadi? 

Bozorda 
aylanishiga 
qarab 
davlat 
kreditining 
tarkibi 
nimalardan iborat 
bo’ladi? 

Bozorli va bozorsiz qarzlar deyilganda nimalar nazarda 
tutiladi? 

Mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra davlat krediti qanday 
guruhlarga 
bo’linadi? 

Qarz majburiyatlarining ta’minlanganligiga qarab davlat krediti 
nimalardan tashkil topadi? 

Garovli va garovsiz obligatsiyalar nimalari bilan farqlanadi? 

To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha davlat krediti 
qanday klassifikatsiya qilinadi? 

Yutuqli obligatsiyalar 
bo’yicha daromadlarning to’lanishi 
nimalar asosida amalga oshiriladi? 

Nol kuponli obligatsiyalar deyilganda nima tushuniladi? 

Davlatning qanday qarziy instrumentlari kuponlarga ega emas? 

Daromadlarni aniqlash metodiga 
ko’ra davlat krediti qarz 
majburiyatlarining qanday turlaridan iborat? 

Qarz 
chiqarilgan 
paytda 
belgilangan 
qarzni 
qaytarish 
muddatlariga qat’iy rioya qilish bo’yicha qarzdorning majburiyatlariga 


muvofiq davlat krediti qarziy majburiyatlarning qanday 
ko’rinishlaridan 
tarkib topadi? 

Qarzlarni qaytarishning qanday usullari bo’lishi mumkin? 

Keng va tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deb 
nimalarga aytiladi? Ular nimalari bilan farq qiladi? 

Davlat kreditini boshqarish jarayonida qanday vazifalarni 
yechish ko’zda tutiladi? 

Davlat kreditini boshqarish qanday organlar tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin? 

Uni tezkor boshqarish kimning rahbarligi va hamkorligida 
ta’minlanadi? 

Davlat tomonidan qanday faoliyat amalga oshirilishi natijasida 
davlat qarzi vujudga keladi? 

Davlat qarzi deb nimaga aytiladi? 

Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari qanday qarzlarga 
bo’linadi? 

Davlatning ichki va tashqi qarzlari deb nimalarga aytiladi va 
ular nimalari bilan farqlanadi? 

Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi 
mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish qanday maqsadlar uchun amalga 
oshirilishi mumkin? 

Davlat tomonidan ichki va 
tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda 
qarziy majburiyatlarning qanday turlaridan foydalanish mumkin va 
ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga nimalar kiradi? 

Amaliyotda qarz 
mablag’larini jalb qilish, asosan, qanday yo’llar 
bilan amalga oshiriladi? 

Davlatning qimmatli qog’ozlar bozori qanday vazifalarni 
bajarishga imkon beradi? 

Garant (kafillik) deyilganda nima tushuniladi? 

Nimalar bo’yicha qarzlari bo’lgan sub’yektlarga kafolatlar 
(kafillik) berilmaydi? 

Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston 
Respublikasining kafolatlari beriladimi? 

Rezident-
yuridik 
shaxslarning 
majburiyatlari 
bo’yicha 
O‘zbekiston Respublikasining kafilliklari qanday organ tomonidan 
sodir etiladi? 

Davlatning ichki kreditlari qanday ko’rinishlarga ega? 

Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan 
nimalari bilan farqlanadi? 



Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar sifatida kimlar 
maydonga chiqishi mumkin? 

Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning 
markazlashtirilgan 
investitsion 
resurslarini 
tanlov 
asosida 
joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda 
talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana nimalar 
taqdim qilinishi lozim? 

O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy 
organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi? 

U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning 
chegaraviy hajmini kim o’rnatadi va hozirgi kunda u qancha qilib 
belgilangan? 

Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish 
uchun qanday dasturlarni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq? 

Tashqi qarzlarni olish davlat dasturida qarzlar qanday 
guruhlarga bo’lib, aks ettiriladi? 

Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish 
uchun ishlab chiqilgan dasturlarda alohida-
alohida nimalar o’z 
ifodasini topishi kerak? 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
nomidan 
davlat 
qimmatli 
qog’ozlarining yagona emitenti kim hisoblanadi? 

Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil 
funksiyasini kim bajaradi? 

Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish 
choralarini shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin? 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin