munosabatlarga sug’urta deyiladi”
106
. 2002 yil 5 aprelda qabul
qilingan
O‘zbekiston
Respublikasining
“Sug’urta
faoliyati
to’g’risida”gi Qonunida sug’urtaga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan
voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta
shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li
bilan ularning manfaatlarini himoya qilish
tushuniladi”
107
.
Ko’rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi
sifatida to’laydigan sug’urta mukofotlari
hisobidan maxsus
maqsadga mo’ljallangan pul fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari
sug’urta tashkilotlarining tasarrufida bo’ladi. Sug’urta tashkiloti
yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasida tuzilgan sug’urta
shartnomasiga asosan sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida
etkazilgan zararlarni qoplaydi.
Sug
’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlar,
faqat, sug’urta tashkiloti bilan tegishli sug’urta shartnomasini tuzgan
yoki sug’urta polisini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga
shartnomada ko’rsatilgan xavf-xatarlar sodir bo’lgan taqdirdagina
qoplanadi. Demak, sug’urta qoplamasini
olish uchun yuridik yoki
jismoniy shaxs sug’urta mukofotini to’lagan va shu asnoda pul
fondini shakllanishida ishtirok etgan bo’lishi kerak.
Sug’urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan:
-
hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i,
mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta
qilish, bunda shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir
yilni tashkil etadi hamda sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida
ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki
davriy to’lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
-
umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni
sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli
bo’lmagan boshqa sug’urta turlari).
Har bir sug’urta tarmog’i sug’urta risklari va majburiyatlarining
umumiy xususiyatlariga qarab sug’urta klasslariga bo’linadi. Hayotni
sug’urta qilish tarmog’i 4 ta va umumiy sug’urta sohasi 17 ta klassni
o’z tarkibiga oladi. Har bir sug’urta klassi umumiy xususiyatlariga
qarab bitta yoki bir nechta sug’urta turlarini (mahsulotlarini) o’z
ichiga oladi. Sug’urta tarmoqlariga oid sug’urta klasslarining to’liq
nomlanishi 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan
O‘zbekiston
106
Ermasov S.V., Ermasov N.B. Straxovanie: Uchebnoe posobie dlya
vuzov. – M.:
YuNITI-DANA, 2004. – 5 s.
107
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.//
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 413-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan.
Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari
amalga oshiriladi:
- harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy
askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning
davlat
majburiy
sug’urtasi;
- soliq organlari xodimlarining davlat majburiy
sug’urtasi;
-
davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat
tomonidan majburiy sug’urta qilish;
-
sudyalarning hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy
sug’urta qilish;
- Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti
mablag’lari hisobidan qurilayotgan ob’ektlardagi qurilish risklarini
majburiy
sug’urtasi;
-
xavfli ishlab chiqarish ob’yektiga ega korxonalarning xavfli
ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa
shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof
muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik
javobgarligini majburiy
sug’urta qilish;
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug’urta qilish;
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta
qilish;
-
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish.
Majburiy
sug’urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy davlat
sug’urtasi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan, majburiy sug’urta
esa yuridik yoki jismoniy shaxsni
ng o’z mablag’lari hisobidan amalga
oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-
mulkini sug’urta qilish,
fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, xorijga chiquvchi
fuqarolarni sug’urta qilish, tibbiy sug’urta,
uzoq muddatli hayotni
sug’urtalash, yuklarni sug’urtalash kabi sug’urta turlari ixtiyoriy
shaklda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: