Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa.
Bola t
ug’ilganda
beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida
belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida
beriladi. Ish haqiga koeffitsient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa
ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan
holda oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida,
magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil
olayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa
tegishlicha ish yoki o’qish joyidan to’lanadi. Bolaning onasi
ishlamaydigan va o’qimaydigan hollarda nafaqa bolaning
ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiydigan otasi
yoki ota-
ona o’rnini bosuvchi shaxslarga to’lanadi. Ishlamaydigan
va o’qimaydigan ota-onalarga bola tug’ilganda nafaqa ijtimoiy
ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi va to’lanadi. Farzandlikka
olingan bolalarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa
umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol ho
miladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bo’shab,
shu davr mobaynida homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa olgan
bo’lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o’lik
tug’ilgan hollarda nafaqa to’lanmaydi.
Kam ta’minlangan va bolali oilalar uchun nafaqalar.
Ushbu
nafaqalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil
15 fevral kuni “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va
moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni
tasdiqlash haqida”gi 44-son Qaroriga muvofiq tayinlanadi. Ushbu
Nizom fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan 14
yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga
to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha nafaqa va kam
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibini
belgilaydi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola
parvarishi bo’yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki
yoshga to’lgan oydan keyingi oyga o’tmasligi kerak. gar tug’ilgan,
farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq
bolalar parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo’yicha nafaqa
kichik bola ikki yoshga to’lgunga qadar bir baravar miqdorda
to’lanadi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va
moddiy
yordam tayinlash va to’lash to’g’risidagi qaror fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organi – posyolka, qishloq va ovul, shuningdek
shaharlarning mahallalari fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ilishi) yoki
bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar yig’ini tomonidan
vakolat berilgan Komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya
fuqarolar yig’ini tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organi hududida istiqomat qiluvchi obro’-e’tiborli va hurmatga
sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar
yig’inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga,
fuqarolar yig’ini raisi esa – uning butun vakolati davriga saylanadi.
Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat bo’lishi kerak.
Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi davrida a’zolikdan
chiqqan taqdirda, fuqarolar yig’ini Komissiya a’zolarini qaytadan
saylaydi. Komissiya qarori, uning yig’ilishida tasdiqlangan tarkibning
kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi.
Fuqarolar yig’ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila
nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va
moddiy yordam har bir oila a’zosiga o’rtacha oylik jami daromad
miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng
kam oylik
ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo’lmagan oilalarga
tayinlanadi.
mahalliy byudjetlar
mablag’lari;
byudjetdan
tashqari
manbalar
(jamoat
va
xayriya
jamg’armalari, korxonalarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy
xayr-ehsonlari va boshqalar).
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola pa
rvarishi bo’yicha
nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
ota-
onasining ikkisini ham yo’qotgan, bolalar tarbiyasi bilan
esa qarindoshlar shug’ullanayotgan oilalar;
ota-
onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo’lgan oilalar;
14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni
tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva
ayollar (beva erlar);
nogiron bolasi (bolalari) bo’lgan oilalar;
bolani (bolalarni) to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalayotgan
onalar (otalar).
Bunda bolaning amalda to’liq bo’lmagan oilada ona
(ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organi belgilaydi;
ota-
onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish izlovchi
sifatida bandlikka ko’maklashish markazlarida hisobda turgan
oilalar;
yolg’iz pensionerlar.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va
moddiy yordam ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga
murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to’lanadi. Bola
parvarishi bo’yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi
bo’lgan taqdirda uni olgan shaxs to’lovlarning avvalgi o’n ikki oylik
muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to’lgunga qadar
ushbu nafaqani uzluksiz to’lanishini davom ettirish masalasini hal
etish uchun
belgilangan tartibda fuqarolar yig’iniga takroran
murojaat etish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy
yordam to’lashning belgilangan muddati tugagandan so’ng ariza
beruvchi nafaqa va moddiy yordam to’lashni yangi muddatga davom
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha
nafaqalar va moddiy yordam to’lovlarini mablag’ bilan ta’minlash
manbalari hisoblanadi:
ettirilishini so’rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bolali
oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda
tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to’lash muddati tugayotgan
oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko’rib chiqish
umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining
doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i yoki boshqa
muomala
ga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola
parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o’rnini
bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda,
oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va
mo
ddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi
mumkin. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza
beruvchining doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha
fuq
arolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i
yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi
asosida, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki
uning o’rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida
hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda
nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi
bo’yicha tayinlanishi mumkin.
Bolali oilalarga nafaqa, bo
la parvarishi bo’yicha nafaqa va
moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi ariza uch bosqichda ko’rib
chiqiladi.
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan
boshlab uch kun muddatda ariza beruvchi tomonidan fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida
oilaning a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad
miqdorini aniqlaydi.
Agar oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad
miqdori joriy davrda belgilangan eng kam ish haqining 1,5
barob
aridan kam bo’lsa, maxsus komissiya oilaning moddiy va
mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan
boshlab o’n kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini
o’rganib chiqadi, shundan keyin tegishli nafaqa yoki moddiy
yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi xulosani
fuqarolar yig’iniga yoki Komissiyaga kiritadi.
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan
kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda,
ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va to’lash yoki
tayinlashni rad etish to’g’risidagi masalalarni hal etish uchun
fuqarolar yig’ini yoki Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir
a’zosining o’rtacha
oylik dar
omadlari to’g’risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad
summasi ko’rsatilmagan bo’lsa yoki eng kam oylik ish haqining 2,5
baravaridan kam summa ko’rsatilgan bo’lsa, u holda oilaning
o’rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni
normativdan pas
t ko’rsatgan yoki daromadi mavjudligi to’g’risidagi
ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har biriga nafaqa
yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam
oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo’lgan normativ daromad
miqdori qab
ul qilinadi. Ushbu qoida bola ikki yoshga to’lgunga qadar
uning parvarishi bilan band bo’lgan onalarga (ularning o’rnini
bosuvchi shaxslarga), ta’lim muassasalarida o’qiyotganlarga
(mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish hollari
bundan mustasno), ishlamaydigan pensionerlarga, amalda shaxsiy
yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila
a’zosiga, tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish markazlarida
ishsiz sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
Bolali
oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va
moddiy yordam fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori
bayonnomasi asosida to’lanadi. Tegishli nafaqalar va moddiy
yordamni to’lash Xalq bankining bo’linmalarida (filiallarida)
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob
raqamlariga o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettirilgan holda
mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |