T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Ishsizlik nafaqasi. 
Ushbu nafaqa 1998 yil 1 may kuni qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash 
to’g’risida”gi Qonuniga asosan tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ishsiz 
deb e’tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi. Qaramog’ida uchtagacha 
kishi bo’lgan, o’ttiz besh yoshga to’lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik 


na
faqasi ular haq to’lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda 
ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ularga mahalliy 
mehnat organida ro’yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi 
va to’lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan ishdan va ish haqidan 
(mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) 
tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat 
qilayotgan shaxslarga o’n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti 
kalendar hafta, ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan 
shaxslarga esa o’n ikki oylik davr mobaynida o’n uch kalendar hafta 
to’lanadi. 
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki 
haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki 
kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga 
yo’llanma olish uchun murojaat qilishi shart. Ishdan va ish haqidan 
(mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar uchun ishsizlik 
nafaqasi oldingi ish joyidagi oxi
rgi bir yilgi o’rtacha ish haqiga foiz 
nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida 
belgilanadi. Qaramog’ida o’n olti yoshga to’lmagan bolalari va 
boshqa kishilar bo’lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori o’n foizga 
oshiriladi. 
Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi 
shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu 
joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish 
tarmoqlari
ning xodimlariga belgilangan koeffitsientni qo’llagan holda 
aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab chiqishda rayon 
koeffitsientlarini qo’llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va 
mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan 
taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga 
oldingi ish joyidagi o’rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo 
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan 
va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib 
topgan o’rtacha ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda ishsizlik 
nafaqasi to’lash kafolatlanadi. 
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati 
organlaridan bo’shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum 
bo’lgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Harbiy 
xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan 
bo’shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan 


oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida hisoblab 
chiqariladi. 
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik 
nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga mahalliy mehnat 
organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati 
berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan eng kam 
ish haqining kamida etmish besh foizi miqdorida nafaqa to’lash 
kafolatlanadi. 
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini 
qayta 
boshlashga 
harakat 
qilayotgan 
ishsiz 
shaxslarga 
mutaxassisligi bo’lgan shaxslar uchun, shuningdek o’n ikki oy 
mobaynida haq to’lanadigan ish bilan bandligi o’n ikki kalendar 
haftadan kam bo’lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga 
joylashishi u
chun kasbga qayta o’rgatishni yoki malakasini oshirishni 
talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan 
oz bo’lmagan miqdorda va boshqa hollarda, shu jumladan, 
mutaxassisligi bo’lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi 
tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish 
imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan eng 
kam ish haqining etmish besh foizi miqdoridamiqdorda nafaqa 
to’lash kafolatlanadi. 
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan 
holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tgandan, malaka 
oshirishni tugatgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng 
kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish 
huquqiga ega. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin