Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
quyidagi
hollarda beriladi:
vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda
(shikastlanishda);
sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda;
karantinda;
sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga
o’tkazilganda;
mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish
uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun
faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo’ladi. Vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo’qolgan birinchi
kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza
komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar,
hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan
hollarda ham beriladi.
Oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini,
magistratura,
aspirantura,
klinik
ordinatura,
doktoranturani
tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga
nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi. Ish
haqi, sutkalik va ko’chish bo’yicha xarajatlarni olish huquqiga ega
bo’lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan
mehnatga qob
iliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to’lanadi. Xodimning
mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’til
davriga to’g’ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to’lanadi.
Sanatoriy-
kurortda davolanishda, agar asosiy va qo’shimcha
ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun etarli bo’lmasa,
nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning
barcha davri uchun (yo’llanma, davolanish muddati) sanatoriyga
borish-ke
lish vaqtini qo’shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib
tashlagan holda nafaqa beriladi. Asosiy va qo’shimcha ta’tildan
sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo’lsa ham nafaqa uni
chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning
etmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish haqi
saqlanmagan ta’til beradi.
1941
— 1945 yillardagi urush nogironlariga, baynalminal
jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda
qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni
davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard
infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning
aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik
kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o’t
pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga,
shuningdek sil kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda
bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi.
O‘n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-
onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning
sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-
kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi
to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi.
Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan
nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani
parvarishlashga qurbi etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band
bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga
(mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga
muhtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun
beriladi. O‘n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak
bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya
xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli
kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan
chetlatilgan bo’lsa nafaqa berilad i.Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga
chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni
bajarish imkoniga ega bo’lib, u tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK)
xulosasi (bunday komissiyalar bo’lmagan joylarda esa davolovchi
shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan
tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga o’tkazilishi
mumkin.
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq t
o’lanadigan ishga o’tgan
vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo’lmagan muddat davomida
kasallik varaqasi bo’yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga
qo’shilganda avvalgi ishidagi to’liq ish haqidan oshib ketmaydigan
miqdorda nafaqa to’lanadi. Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa
ishga o’tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun
hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o’rtasidagi
farqni korxonadan olish huquqiga ega bo’lmasa beriladi. Basharti,
kasallik varaqasida ko’rsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga
boshqa ish topib berolmagan bo’lsa, u holda shuning oqibatida
bekor o’tgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda to’lanadi.
Reabilitatsiya muassasalarida bo’lgan barcha vaqt uchun va
unga kelib-
ketish vaqti uchun nafaqa to’lanadi. Mavsumiy va
vaqtinchalik ishlarda band bo’lgan xodimlarga mehnatda
mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa umumiy
asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga
q
obiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish
to’g’risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari
doirasida
to’lanadi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
bo’yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb
kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch
oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan 1941
— 1945
yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga
tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat
yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan
bog’liq sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari
yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-
ket to’rt oygacha yoki
kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Agar
ishlovchi
nogironning
vaqtinchalik
mehnatga
qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz
bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki mehnatda mayiblanish
yoxud kasb
kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruhi qayta ko’rib
chiqilgunga qadar
to’lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
bo’yicha nafaqa shaxs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10
oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil
kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko’pi bilan 6 oyga
beriladi. TMEK ko’rigidan belgilangan muddatda qayta o’tmagan
nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan muddatlarga
to’lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
quyidagi davrlarga to’g’ri
kelganda nafaqa to’lanmaydi:
ish haqi saqlanmagan
ta’til;
bolani parvarishlash bo’yicha ta’til;
ish vaqtincha to’xtatilgan;
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi
to’lash
to’xtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan;
harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil
olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til.
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi)
lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda
berilmaydi:
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z
salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka
solganda;
giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida,
shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish
natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy
kasallardan tashqari);
hibsda bo’lgan davrda;
sud-
tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining
davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida
quyidagilarga to’lanadi:
ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga;
baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa
shaxslarga;
qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch
yoki undan ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan
xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi
organlar kasalliklari (o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak)
va xavfli o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha
mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi,
onkologiya
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar,
jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi,
ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan
davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining (umumiy ish
stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish
haqining 100 foizi miqdorida;
umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha
bo’lgan xodimlarga ish
haqining 80 foizi miqdorida;
umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60
foizi miqdorida.
Yuqorida ta’kidlangan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi
miqdorlarda to’lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga
hamda 21 yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80
foizi miqdorida;
umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60
foizi miqdorida.
Tayi
nlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha
nafaqa quyidagi miqdorlarda to’lanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli
xizmatdan bo’shatilgandan so’ng bir oy ichida kasal bo’lib qolgan
sobiq harbiy xizmatchilarga
— respublikada belgilangan eng kam
ish haqi miqdorida;
boshqa hollarda
— ish haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha
hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa
hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuq
ori bo’lmasligi lozim. Nafaqa
miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha,
mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat,
shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan berilgan
ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |