T. Malikov O. Olimjonov moliya


Boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya 
vafot etgan 
shaxsning qaramog’ida bo’lgan va uning mehnatga layoqatsiz oila 
a’zolariga tayinlanadi. 
Vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga 
qobiliyatsiz oila 
a’zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish 
huquqiga ega 
bo’ladi. Bunda farzandlarga va yoshidan va mehnat 
qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, 
buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, 
aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga 
qarash uchun ish 
haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini beradigan 


yoshga to’lgunga qadar boqish bilan mashg’ul bo’lsa va ishlamasa 
pensiya ular 
boquvchining qaramog’ida turgan-turmaganidan qat’i 
nazar tayinlanadi. Marhumning qaramog’ida turmagan ota-onasi va eri 
(xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun 
zarur mablag’ 
manbaidan mahrum bo’lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega 
bo’ladilar. 
Quyidagilar 
oilaning 
mehnatga 
qobiliyatsiz 
a’zolari 
hisoblanadilar: 

bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga 
to’lmagan bo’lsa yoki 16 yoshdan katta bo’lsa ham 16 yoshga 
to’lmasdan nogiron bo’lib qolgan bo’lsalar. Bunda aka-ukalar, opa- 
singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi 
bo’lmasa; 

ota, 
ona, o’gay ota, o’gay ona, xotin, er, basharti, ular 
umumbelgilangan pensiya yoshiga to’lgan yoki nogiron bo’lsalar; 

yoshidan va 
mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri 
yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot 
etgan 
boquvchining 
bolalari, 
aka-ukalari, 
opa-singillari 
yoki 
nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan 
ta’tilda bo’lish huquqini beradigan yoshga to’lgunga qadar boqish bilan 
mashg’ul bo’lsa va ishlamasa; 

buva va buvi 
— agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart 
bo’lgan kishilar bo’lmasa. 
O‘quvchilar 18 yoshga to’lgunga qadar boquvchisini yo’qotganlik 
pensiyasi olish 
huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo’qotganlik 
pensiyasi olish huquqiga ega 
bo’lgan voyaga etmagan farzandlar, ular 
farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab 
qoladilar. O‘gay 
o’g’il va o’gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo’lsalar, 
haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota 
va 
o’gay ona, agar vafot etgan o’gay o’g’ilni (qizni) 18 yoshga 
to’lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo’lsalar, 
haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega 
bo’ladilar. 
Bedarak yo’qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak 
yo’qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo’lsa, vafot etganlar 
oilalariga taalluqli hamma qoidalari tegishli ravishda ushbu oilalarga 
ham joriy qilinadi. 
Ko’rsatib o’tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to’liq 
boquvida bo’lgan yoki undan yordam olib turgan bo’lsalar, bu yordam 
ular uchun doimiy va asosiy kun 
kechirish mablag’ining manbai 
hisobl
angan 
bo’lsa, 
marhumning 
qaramog’ida 
turgan 
deb 
hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila 


a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun 
kechirish mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa — boquvchisini 
yo’qotganlik pensiyasiga o’tish huquqiga egadirlar. 
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik 
oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum 
pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish 
stajidan qat’i nazar 
tayinlanadi. Boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik 
pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega 
bo’lgan bo’lsa, 
umumiy kasallik yoki ish 
bilan bog’liq bo’lmagan mayiblanish oqibatida 
vafot etgan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanadi. 
Boshqa 
m
amlakatlardan 
ko’chib 
kelgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston 
Respublikasida ishlamagan bo’lsa, pensiyalar quyidagi hollarda 
tayinlanadi: 

boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini 
olgan oilalarga 
— boquvchisining ish stajidan qat’i nazar; 

pensiya olmagan oilalarga 
— basharti, boquvchi ishlash 
to’xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo’lgan bo’lsa, mehnatda 
mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan 
taqdirda esa 
— boquvchining ish stajidan qat’i nazar. 
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik 
pensiyasini tayinlash uchun etarlicha ish 
stajiga ega bo’lmagan 
boquvchisini yo’qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor 
stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi. 
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya 
pensioner yangi nikohdan o’tganida ham saqlanib qoladi. Oilaning 
pensiya olish huquqiga ega 
bo’lgan barcha a’zolariga bitta umumiy 
pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi 
ulushi ajratilib, alohida to’lanadi. Pensiyadan ulush ajratib berish 
pensiyani bo’lish to’g’risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi 
kunidan boshlab amalga oshiriladi. 
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir 
mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul 
qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq yoshga 
doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam 
bo’lmagan miqdorida, har 
ikkala ota-onasini 
yo’qotgan bolalarga (chin etimlarga) boquvchisini 
yo’qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg’iz onaning 
bolalariga har bir bola uchun 
— pensiyani hisoblash uchun qabul 
qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng 
kam pensiyaning 100 foizidan kam 
bo’lmagan miqdorda pensiyaning 
tayanch miqdori belgilanadi. 


Pensiya miqdorini hisoblash tartibi yoshga doir pensiyalarni 
hisoblash tartibi bilan bir hil. 
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga 
layoqatsiz a’zosiga — boquvchi o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foiziga 
oshiriladi. 
Har ikkala ota-
onasini yo’qotgan bolalarga (chin etimlarga) 
tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiyalarini 
oshirish eng kam oylik ish haqining 
o’n baravari miqdori doirasida har 
ikkala ota-onaning ish haqi umumiy miqdoridan amalga oshiriladi. 
Bunda har ikkala ota-
onasini yo’qotgan bolalarga (chin etimlarga) 
tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala 
ota-onaning umumiy ish staji miqdoridan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi, ya’ni pensiya tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj 
uchun pensiyani oshirish har ikkala ota-onaning umumiy ish staji 
miqdori bo’yicha amalga oshiriladi. 
Agar ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan 
holda hisoblangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdori har 
ikkala ota-onaning umumiy ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda 
hisoblangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdoridan ko’p 
bo’lsa, u holda, chin etim maqomini saqlab qolgan holda, murojaat 
etganning xohishi bo’yicha ota-onadan birining ish staji va ish haqidan 
kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning eng 
ko’p miqdori 
tayinlanadi. 
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash va 
pensionerlarning 
farovonligini 
qo’shimcha 
mablag’lar 
bilan 
ta’minlash maqsadida 2004 yil 2 dekabr kuni “Fuqarolarning 
jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni qabul 
qilindi. Bu qonunga binoan quyidagilar belgilangan: 

2005 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning amaldagi davlat 
pensiya ta’minoti tizimiga qo’shimcha ravishda jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimi joriy etildi; 

2005 yil 1 
yanvardan boshlab fuqarolarning shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisob raqami fuqarolarning asosiy ish joyidagi 
Xalq banki filialida amalga oshiriladi; 

fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga 
majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga 
muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig’i summasidan tegishli 
ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi 
(daromad)ning 2018 yilda ikki (2019 yilning 1 yanvaridan boshlab 
0,1) foizi miqdorida o’tkaziladi; 



jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida 
qatnashadigan 
fuqarolar 
tomonidan 
shaxsiy 
pensiya 
hisob 
raqamlariga badallar miqdori va to’lash muddatlari mustaqil ravishda 
belgilanishi ham mumkin va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti 
olish huquqiga ega. Ish beruvchilarning, shuningdek mehnat 
faoliyatini 
mehnat 
shartnomasi 
asosida 
amalga 
oshiruvchi 
fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, 
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan 
bo’lsa, majburiydir. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs 
tashkil etmagan holdagi dehqon xo’jaliklarining a’zolari, shuningdek 
boshqa fuqarolar jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik 
asosida ishtirok etadilar. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda 
ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining 
talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi 
Xalq banki filialida amalga oshiriladi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida 
ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq 
mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga 
oshiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya 
tizimiga fuqarolarni hisobga qo’yish, shuningdek shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun O‘zbekiston 
Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida 
elektron ariza berishga haqli. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish; 

jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasini berish. 
Xalq 
banki 
jamg’arib 
boriladigan 
pensiya 
tizimida 
fuqarolarning 
shaxsiy hisobini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuritadi. Jamg’arib 
boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga 
doir hamda shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 
taal
luqli ma’lumotlar Xalq bankining yagona ma’lumotlar elektron 
bazasida shakllantiriladi va saqlanadi. 


Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda 
fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy 
tartib raqaml
i shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari 
ochadi. Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 
tartib raqami berish fuqarolarning pasportidagi ma’lumotlar asosida 
amalga oshiriladi. Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud 
pasportid
agi ma’lumotlar o’zgargan taqdirda shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvarag’i tartib raqami o’zgarishsiz qoladi va 
yangi shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i ochish 
talab etilmaydi. Fuqaroning jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini 
olish huquqini tasdiqlovchi jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi 
fuqaroga shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i 
ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi. 
Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab 
chiqarilgan daro
mad solig’ining tegishlicha kamaytirilgan summasi 
hisobiga jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish 
beruvchi har oyda to’lab boradi. 
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori 
xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va 
boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har 
yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
navbatdagi yilga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi. 
Jamg
’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari Xalq bankida 
shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag’larni 
jamlash yo’li bilan shakllantiriladi. Shaxsiy jamg’arib boriladigan 
pensiya hisobvaraqlarida mablag’larni shakllantirish manbalari 
quyidagilardan iborat: 

jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari; 

jamg’arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari; 

shaxsiy 
jamg’arib 
boriladigan 
pensiya 
hisobvaraqlari 
mablag’lariga hisoblab chiqarilgan foizlar; 

qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa mablag’lar. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib 
boriladigan pensiya to’lovlari to’lash uchun foydalaniladi. Jamg’arib 
boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimi bilan bog’liq bo’lmagan majburiyatlarni bajarish uchun 
foydalanish mumkin emas. Xalq banki jamg’arib boriladigan pensiya 
tizimi mablag’larining alohida hisobini yuritadi. 


Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini ko’paytirish 
hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday 
mablag’lardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek 
moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan investitsiya va 
kredit resurslari sifat
ida foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga 
oshiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini 
moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirli
gi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilanadi. 
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’larga 
hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag’lar 
foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa 
daromadlardan, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlaridan, 
shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari 
aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar olinmaydi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar 
pensiya to’lovlari oluvchi sifatida jamg’arib boriladigan pensiya 
to’lovlarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi 
yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan 
taqdirda, shax
siy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’ida 
jamg’arilgan mablag’lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
merosga o’tadi va merosxo’rga bir yo’la to’la hajmda to’lanadi. uqaro 
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash 
joyiga chiqi
b ketayotgan bo’lsa, shaxsiy jamg’arib boriladigan 
pensiya hisobvarag’ida jamg’arilgan mablag’lar bir yo’la to’la hajmda 
to’lanadi. 
Jamg’arib 
boriladigan 
pensiya 
to’lovlari 
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
j
amg’armasining tuman (shahar) bo’limi tomonidan berilgan 
jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish huquqi to’g’risidagi 
guvohnoma asosida bunday to’lovlarni oluvchining yashash joyidagi 
Xalq banki filiali tomonidan 
to’lanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin