T. Malikov O. Olimjonov moliya


Jamg’arma  mablag’larini



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Jamg’arma 
mablag’larini 
taqsimlash

qonunchilikda 
belgilangan mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi 
nisbatlarda amalga oshiriladi: 

96,5 
foizi 
— 
kichik 
tadbirkorlik 
sub’yektlarining 
xususiylashtirilgan ob’ektlar va korxonalar negizida amalga 
oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli 
yo’naltirish uchun tijorat banklariga; 

1,5 
foizi 
— mablag’larni maqsadli ravishda bozor 
infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan 
qo’llab-quvvatlashga, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil 
etilgan o’quv kurslarini moliyalashtirishga yo’naltirish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga; 

2 foizi 
— tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga 
oshirish, shu jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan ob’ektlar 
elektron bazasi va reestrini shakllantirish, xususiylashtirilgan 
korxonalarni rivojlantirish bo’yicha “yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish va 
amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining byudjetdan tashqari 
jamg’armasiga. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Tadbirkorlik 
maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni 
jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish 
chora-
tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 17 yanvardagi PF-4933-son 
Farmoniga 
muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining 
qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan 
tushadigan mablag’lar Davlat raqobat qo’mitasi hududiy organlari 
tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi 
respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy 
byudjetlariga yo’naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o’tilgan 
jamg’arma mablag’larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat 
qo’mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 
tasarrufida qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon 
xo’jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, 
dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasiga yo’naltiriladigan auktsion savdolarida fuqarolarga er 
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish 
huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag’lar 
bundan mustasno hisoblanadi. 


Bunda: 

tushgan 
mablag’lardan davlat aktivini sotish bilan bog’liq 
xarajatlar 
(baholovchi 
tashkilotlar, 
savdolar 
tashkilotchilari, 
vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to’lash xarajatlari) 
chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor 
qil
ingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat raqobat qo’mitasiga va 
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, Fermer, dehqon 
xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasiga 
avval yo’naltirilgan mablag’lar qaytarilmaydi; 

Qoraqa
lpog’iston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetiga, 
viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, 
dehqon xo’jaliklari va tomorqa er egalarini qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasiga mablag’lar ularning tushishiga ko’ra har haftada 
yo’naltiriladi. 
D
avlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag’larning 25 foizi 
miqdoridagi qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika 
byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga 
yo’naltirilgan hollarda mablag’larning (Davlat raqobat qo’mitasi 
hamd
a O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida 
qoldiriladigan mablag’lardan tashqari) qolgan qismi qonunchilikda 
nazarda tutilgan maqsadlarga yo’naltiriladi. 
Davlat aktivlari oldi-
sotdisi bo’yicha tuzilgan va bekor qilingan 
shartnomalar, beri
lgan qarzlar bo’yicha tushgan penya va jarimalar 
summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi: 

50 foizi 
— Davlat raqobat qo’mitasining byudjetdan tashqari 
jamg’armasiga o’tkaziladi; 

qolgan qismi 
— yuqorida aytib o’tilgan taqsimotga muvofiq 
taqsimlanadi. 
Jamg’arma mablag’lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy 
summasi va ular bo’yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan 
tushumlar summasi to’liq miqdorda Jamg’arma hisobiga o’tkaziladi. 
Davlat raqobat qo’mitasi va uning hududiy organlari tomonidan 
xarajatlarni amalga oshirishda tovar etkazib beruvchilar bilan 
shartnomalar 
quyidagi 
holatlarda 
tanlov 
(tanlab 
olish)ni 
o’tkazmasdan tuzilishi mumkin: 

davlat aktivlari to’g’risidagi reklamalarni va axborot tusidagi 
e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek 
reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, 
bannerlar va boshqalarda) joylashtirish; 



davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning 
aktsiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat 
manfaatlarini ko’zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari 
savdolarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar 
tomonidan xizmatlar ko’rsatish; 

Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, 
raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari 
tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik 
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni 
amalga oshirish; 

Korporativ boshqaruv ilmiy-
ta’lim markazi va Davlat raqobat 
qo’mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish 
respublika markazida Davlat raqobat qo’mitasi va uning tarkibiy 
bo’linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va 
xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshiruvchi 
tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va 
o’qitish; 

Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» 
axborot texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy 
axborot-
texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar 
bazasi va reestrlarin
i, lokal kompyuter tarmog’ini ishlab chiqish, joriy 
etish va ular bo’yicha xizmat ko’rsatish; 

Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari 
o’tkazish bo’yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida 
mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini 
sotish bo’yicha maslahat xizmatlari ko’rsatish; 

baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish. 
Baholovchi tashkilotlar 
xizmatlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlar 
Davlat raqobat qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Nizomga muvofiq 
qoplanadi. 
Jamg’armaning joriy moliya yili yakuni bo’yicha qoldiq 
mablag’lari olib qo’yilmaydi va keyingi yilga o’tadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin