T. Malikov O. Olimjonov moliya


  O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

21.4. 
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko’maklashish jamg’armasi 
 
Bungacha ushbu jamg’arma o’z faoliyatini turli nomlarda (Davlat 
mulki jamg’armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi 
Davlat 
mulki 
jamg’armasi, 
Davlat 
mulkini 
xusus
iylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi) o’z faoliyatini 
amalga oshirib kelgan bo’lib, dastavval 1992 yilda tashkil etilgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“O‘zbekiston 
Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va 
raqobatn
i rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida” gi 
2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son Farmonini ijro etish hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 


ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko’maklashish 
jamg’armasi 
faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yilning 19 iyunida “O‘zbekiston Respublikasi 
Xususiylash
tirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish, 
taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizomni 
tasdiqlash 
haqida”gi 391-sonli Qarori qabul qilindi. Davlat mulkini 
xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi sifatida o’z 
faoliyatini 
amalga 
oshirib 
kelgan. 
Yangi 
tashkil 
etilgan 
jamg’armaning avvalgisidan tubdan farq qiladigan jihati shundan 
iboratki, Dav
lat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar 
jamg’armasining asosiy maqsadi xususiylashtirishdan tushgan 
mablag’larni Davlat byudjeti daromadiga yo’naltirish bo’lgan, 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko’maklashish 
jamg’armasi 
mablag’lari esa ustuvor ravishda xususiylashtirilgan korxonalarni 
amaliy qo’llab-quvvatlashga va investitsiya loyihalarini hayotga 
tatbiq etishga qaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi yuridik 
shaxs maqomisiz tashkil etiladigan davlat maqsadli jamg’armasi 
hisoblanilib, uning asosiy vazifasi mablag’larni xususiylashtirilgan 
korxonalarni amaliy ravishda qo’llab-quvvatlashga, investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlarning biznes yuritish 
asoslariga o’qishini tashkil etishga yo’naltirish hisoblanadi. 
Jamg’armani boshqarish Davlat raqobat qo’mitasining Moliya va 
buxgalteriya hisobi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi, 
boshqarma 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko’maklashish 
jamg’armasining daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar, 
hududlar va choraklar bo’yicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil 
qiladi 
va 
monitoringini 
yuritadi, 
shuningdek, 
Jamg’arma 
mablag’larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi 
qonunchilikda ko’zda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, 
Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tuzadi hamda 
Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin