Pensiya, nafaqa va to’lov xarajatlarini moliyalashtirish
tartibi.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg’armasi
quyidagi yo’nalishlarga xarajat qilinadi
104
.
1) ishlamaydigan fuqarolarga:
davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik
va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari);
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni
to’lash uchun;
2) ishlaydigan fuqarolarga:
davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik
va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari);
dafn
marosimi
uchun
nafaqalar
(ushbu
nafaqalarni
moliyalashtirish 2019 yilning 1-
yanvaridan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi
105
);
16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga
(vasiyga, homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun
to’lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar
uchun sarflanadi.
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy
nafaqalar va kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni
moliyalashtirish uchun Jamg’armaning hududiy bo’linmalari
tomonidan G’aznachilikning bo’linmalarida hisob raqamlari ochiladi.
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’lov to’lanadigan har bir
oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga
pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa
to’lovlar to’lash uchun mablag’larga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi
hamda Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma
taqdim etadi. Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Jamg’arma
xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
belgilangan tartibda:
joriy to’lov oyining 15-kunigacha — o’tgan oyning ehtiyoji
hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;
104
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2010 yil 19
fevraldagi 30-son qarori
105
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari
hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26-dekabr
2018 yilda qabul qilingan PQ-4086 son Qarori 28-band.
joriy to’lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning
taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari pensiyalar, ijtimoiy
nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar uchun mablag’larni
aloqa tashkilotlari va bankla
rning hisob raqamlariga o’tkazadi.
Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari tashkilotlarning
buyurtmanomalari bo’yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar,
dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag’lari davlat byudjetidan
qoplanadi), 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalarning ota-
onalaridan biriga qo’shimcha dam olish kunlari uchun va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlarni to’lashga mablag’larni
moliyalashtiradi.
Jamg’armaning hisob raqamlaridan mablag’larni qonun
hujjatlarida nazarda tutilmagan
maqsadlarda o’tkazish va vaqtincha
olib qo’yish taqiqlanadi.
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan
kechikmay Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun
xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg’arma
xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va
foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning daromadlari va
xarajatlari prognozlari Jamg’armaning ijro etuvchi apparati
tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg’armaning Kuzatuv kengashiga
ko’rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga
uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg’armaning ijro
etuvchi apparati besh kun muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga —
mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma daromadlarining
tasdiqlangan asosiy parametrlarini;
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar)
bo’limlariga — turlar va mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma
xarajatlarining tasd
iqlangan asosiy parametrlarini (yo’nalishlarini)
etkazadi.
Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan
ko’rsatkichlarini bajarish:
yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to’lovlar, badallar va
boshqa to’lovlar tushishining va yig’ilishining to’liqligi yuzasidan —
davlat soliq xizmati organlari tomonidan;
Jamg’arma mablag’larini belgilangan tartibda o’z vaqtida va
to’liq moliyalashtirish, o’z vaqtida tayinlash, to’lash va manzilli
ravishda sarflash, shuningdek Jamg’arma mablag’laridan maqsadli
va
samarali
foydalanilishini
nazorat
qilish
yuzasidan
—
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlari
tomonidan ta’minlanadi.
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari Jamg’armaning ijro
etuvchi apparatiga:
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha
—
hududlar bo’yicha to’langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar to’g’risidagi tezkor
axborotni;
tasdiqlangan shakl bo’yicha yuridik shaxslarning choraklik va
yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida
—
mablag’lardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Jamg’armaning Kuzatuv kengashi Jamg’armani boshqarishning
yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan
tasdiqlanadi. Jamg’armaning Kuzatuv
kengashi vakolatlariga quyidagilar tegishli bo’ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda
Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini,
shuningdek Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib
chiqish va tasdiqlash;
Jamg’arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining
amalga oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va
tasdiqlash;
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va
boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg’arma vakolatiga
tegishli bo’lgan masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish;
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
soliq
qo’mitasining
Jamg’armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlarning
to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini
eshitish;
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasiga
Jamg’armaning ijro etuvchi direktorini, uning o’rinbosarlarini
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to’g’risida
taqdimnoma kiritish;
Jam
g’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy
nizomni tasdiqlash;
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasining Pensiyalar tayinlash
bo’yicha tuman (shahar) bo’limi komissiyalari to’g’risidagi namunaviy
nizomni tasdiqlash;
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa
Jamg’arma
daromadlarini
shakllantirish,
uni
o’z
vaqtida
moliyalashtirish va undan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat
qilish;
topshiriqlar, vedomostlar v
a pochta o’tkazmalari bo’yicha
to’lanadigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va
boshqa to’lovlar jo’natilishi va etkazib berilishi bo’yicha xizmatlarga
haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash;
Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va
davlat ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan
huquqlari amalga oshirilishi bilan bog’liq boshqa funksiyalarni
amalga oshirish.
Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg’arma Kuzatuv
kengashining
taqdimnomasi
bo’yicha,
belgilangan
tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Ijro
etuvchi direktor Jamg’armaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va
o’z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o’rinbosari va o’rinbosari
Jamg’arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo’yicha,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
lavozimga tayinlanadi.
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg’arma ijro etuvchi
direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va
lavozimdan ozod etiladilar.
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o’rinbosarlari,
Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari boshliqlari Jamg’armaning
tegishli hududiy boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi
bo’yicha Jamg’armaning ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga
tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Jamg’armaning
ijro
etuvchi
apparati,
uning
hududiy
boshqarmalari
va
tuman
(shahar)
bo’limlari
yagona
markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi boshliqlarning
yuqori boshliqlarga hamda Jamg’arma Kuzatuv kengashining raisiga
bo’ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi.
Jamg’armaning ijro etuvchi direktori:
Jamg’arma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
o’z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o’rinbosarlari
hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari
Jamg’arma o’rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;
o’z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman
(shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma tomonidan bajarilishi
majburiy bo’lgan buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar
beradi;
belgilangan mehnatga haq to’lash fondi va xodimlarning soni
doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar
kiritadi va uni tasdiqlaydi,
Jamg’armaning tarkibiy boshqarmalari
to’g’risidagi nizomni tasdiqlaydi;
Jamg’armaning
ijro
etuvchi
apparati
xodimlarini,
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o’rinbosarlarini,
Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari boshliqlarini lavozimga
tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi
yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va
belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Jamg’armaning
vaqtincha
bo’sh
mablag’larini
tijorat
banklaridagi
depozitlarga
va
boshqa
moliyaviy
vositalarga
joylashtiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni
amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |