Ko’p tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunda bitta
davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasi bir vaqtning o’zida bir
nechta fondlar hamda moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan
o’zaro aloqada bo’ladi. Ya’ni, pul mablag’lari turli xil va rang-barang
yo’nalishlarda harakat va oqimda bo’ladi.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari bir qator
vazifalarni bajaradi. Ularning ko’lami keng, ammo asosiylari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo’shimcha moliyaviy
resurslar bilan ta’minlash (ekologiya fondlari, ilmiy tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqalar);
turli maxsus jamg’armalar ko’magida aholiga ijtimoiy xizmatlar
ko’lamini kengaytirish.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari bevosita davlat
ixtiyorida bo’lsa-da, alohida shaklda faoliyat yuritadi va davlat
tomonidan moliyaviy resurslarini daf’atan olib qo’yishga ruxsat
berilmaydi. Ularning Davlat byudjeti va unga tenglashtirilganlardan
farqli tomoni shundaki, bu fondlarning moliyaviy resurslaridan
foydalanish
qat’iy maqsadli xususiyatga
ega.
Maqsadga
erishgandan keyin daromad olish maqsadida boshqa tijorat
ob’ektlariga muddatli investitsiya qilish ham mumkin.
Amaliyotda
har
bir
Davlatning
byudjetdan
tashqari
jamg’armasining moliyaviy manbalari har xil bo’ladi. Lekin shartli
ravishda ularning quyidagi guruhlardan tashkil topishi jahon
tajribasida namoyon bo’ladi:
mos ravishdagi fondlar uchun davlat tomondan o’rnatilgan
m
axsus maqsadli soliqlar, yig’imlar va ajratmalar;
xo’jalik sub’yektlarining iqtisodiy-moliyaviy
samarasidan
ajratmalar;
Davlat byudjeti mablag’lari;
fondlarni
yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati(moliya
bozori)dan olgan foydalari;
tijorat banklarining kredit resurslari.