Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib
olish va xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga
quyidagilarni oladi:
uy-joy va
kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif
tizimi xizmatlarini
to’lash;
dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo’llanmalar xarajatlari va
tibbiy xizmatlarni
to’lash;
kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari;
passajir transportining barcha turlarini to’lash xara-jatlari;
aloqa xizmatlarini to’lash;
qolgan boshqa xizmatlarni
to’lash.
Majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo’ja-liklari byudjetlari
xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi.
Bu xarajatlar, hozirgi
sharoitda, o’sish tendentsiyasiga ega bo’lib, ular quyidagi omillar
bilan bog’langan:
birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kenga-yishi yakka
tartibdagi
tadbirkorlarning xo’jalik va savdo faoliyatidan olinadigan
(undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlarning ham
ko’payishi bilan kuzatilmoqda;
ikkinchidan, sug’urta tizimining rivojlanishi, notijo-rat sektorning
o’sishi (masalan, turli jamoatchilik tashki-lotlari, birlashmalari va
ittifoqlari), bir tomon-
dan, sug’urta bo’yicha
badallarni oshirsa,
ikkinchi tomondan, notijorat tashkilotlarga ajratmalarni
ko’paytiradi;
uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivoj-lanishi uy
xo’jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va
“tovar krediti bo’yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.
Sug’urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xiz-matlari
amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog’liq bo’lgan
operatsiya
larning kengayishi natijasida kelajakda uy xo’jaliklari
byudjetlari
xarajatlarining
bu
yo’nalishlari
faqat
o’sish
tendentsiyasiga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy
bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining
isloh qilinishi uy
xo’jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug’urta badallari”
xarajatlar moddasi-
ning ham o’sishiga olib keladi.
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy
to’lovlarida soliqlar va yig’imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy
xo’jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini
qisqartiradi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, davlat moliyasining
taqsim-lash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromad-lari
va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat
qiladi.
Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli
byudjetlari darajalarida daro-
madlarning etarli tushishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliq-
lar daromadlardan ratsional foydalanishni rag’batlanti-rish va ularni
shakllantirish yo’llari bilan uy xo’jaliklari byudjetlarining tarkibiy
tuzilmasiga o’z ta’sirini ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida
daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo’jaliklarining
sotsial
muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi
qonunchilikka
muvofiq
mamlakat
fuqarolari
daromadlaridan, mol-
mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va er
uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlar
(masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxs-lardan olinadigan
xilma-
xil mahalliy yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir vaqtning
o’zida, uy xo’jaliklarining
real daromadlariga, aholi daromadlari va
xarajatla-
rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga
olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi.
Chunki bu soliqlar (aktsizlar, qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari
va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo’lib, ular tovar sotib
olinayotganda to’lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri
(bilvosita) soliqlar
oshirib qolmasdan, balki ayrim to’g’ri (bevosita)
soliqlar (yagona
ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan
soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar)
ham oshiradiki, ular ham qisman yoki to’liq tovarlar bahosi orqali
kompen-satsiya qilinadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xara-jatlar qismining
boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi
jamg’armalarning o’sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo’yicha
aholi xarajatlari” va boshqalar) jamg’arish jarayoni doirasida uy
xo’jalik-larining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning
o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari
ushbu bobning navbatdagi
paragrafida ko’rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: