T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

“Uy xo’jaligi” tushunchasining mazmuni nimada? 

Uy xo’jaligiga tegishli bo’lgan xarakterli xususiyatlarni aytib 
bering. 

Uy xo’jaliklari moliyasi har bir davlat moliyaviy tizimning 
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadimi va uning moliyaviy ahamiyati 
nima bilan belgilanadi? 



“Uy xo’jaliklari moliyasi”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini 
tushuntirib bering. 

“Uy xo’jaligi”, “xonadon” yoki “oila” atamalari bir xil ma’noni 
anglatadimi? Ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni bilasizmi? 

“Uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va 
“oila moliyasi” iboralarini ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida 
ishlatsa bo’ladimi? Ularning farqlarini aytib bering. 

Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy 
birligi sifatida ajratilishi qanday me’zonlar asosida amalga 
oshirilmog’i lozim? 

Uy xo’jaliklari moliyasining ta’rifini aytib bering. 

Uy xo’jaliklarida mavjud bo’lgan moliyaviy munosabat-lar 
majmuini qanday guruhlarga 
bo’lish mumkin? 

Qanday munosabatlar uy xo’jaligining ichki moliyaviy 
munosabatlari hisoblanadi? 

Uy xo’jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlarini tushuntirib 
bering. 

Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo’jalik-larining 
o’zaro bog’langanligi nimalarda ko’rinadi? 

Davlat va uy xo’jaliklari o’rtasidagi moliyaviy munosa-batlarning 
mazmuni nimada? 

Davlat uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromad va yakuniy 
(oxirgi) iste’molning miqdoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ular 
qanday shakllarda amalga oshiriladi? 

Uy xo’jaliklarining o’zlari o’rtasidagi (uy xo’jaliklari-aro) 
moliyaviy munosabatlar qanday hollarda vujudga keladi va 
moliyaning bu sohasiga nimalarni kiritish mumkin? 

Uy xo’jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o’zaro aloqalarini 
tushuntirib bering. 

Uy xo’jaliklari moliyasi qanday funksiyalarni baja-radi? 

Uy xo’jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining mazmunini 
tushuntirib bering. 

Uy 
xo’jaliklari 
moliyasining 
takror 
ishlab 
chiqarish 
funksiyasining mazmuni nimada? 

Qay hollarda 
uy xo’jaliklari moliyasi nazorat funk-tsiyasini 
bajaradi? 

Uy xo’jaliklari moliyasi tartibga solish funksiya-sining namoyon 
bo’lishini qanday nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq? 

Uy xo’jaliklari moliyasini tartibga solaverib , davlat, eng avvalo, 
qanday ishlarni amalga oshiradi? 



Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funk-tsiyasi 
nimalar orqali namoyon bo’lishi mumkin? 

Uy xo’jaliklari moliyasi ijtimoiy funksiyasining mazmunini 
tushuntirib bering. 

Uy xo’jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko’rsa-tishi 
nimalarga 
bog’liq? 

Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o’ziga xos 
xususiyatlarini aytib bering. 

Uy xo’jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qili-nadigan 
normalar va qoidalarning tashqi omillarini bilasizmi? 

Uy xo’jaligining moliyaviy xatti-harakatini tashkil etadigan ichki 
me’yorlar tizimi nimalarga bog’liq? 

Uy xo’jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash 
qanday manbalar hisobidan amalga oshiriladi? 

Uy xo’jaligi resurslari dastlabki (boshlang’ich) manbalarining 
tarkibini aytib bering. 

Uy xo’jaligi resurslarining jamg’ariladigan manbasini nimalar 
tashkil etadi? 

Uy xo’jaligi resurlarining joriy manbalarini aytib bering. 

Uy xo’jaligining moliyaviy resurslarini nimalar tash-kil etadi? 

Funktsional mo’ljallanganligiga ko’ra uy xo’jaliklari-ning 
moliyaviy resurslari qanday tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishi mumkin? 

Uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy 
ravishda bog’langan qanday bloklarni qamrab oladi? 

Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklarining daromadlarini 
shakllantirish bo’yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida 
(negizida) nima yotadi? 

Uy xo’jaliklari darajasida daromadlarni shakllan-tirish bo’yicha 
moliyaviy qarorlar nimalarga bog’liq bo’ladi? 

Uy xo’jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol 
byudjetlari yoki yanada detallash-tirilgan tarzda qanday tasniflanishi 
mumkin? 

Hayotiy minimum byudjeti qanday aniqlanadi? 

Minimal iste’mol byudjetining mazmuni nimada? 

Optimal iste’mol byudjeti nimaga imkoniyat yaratadi? 

Optimal iste’mol byudjetini qanday ikki darajadagi byudjetlarga 
bo’lish mumkin? 

Moliyaviy qarorlarda “asosiy psixologik qonun” nima sifatida 
namoyon 
bo’ladi? 



Jamg’ariladigan 
fondlarni 
shakllantirish 
bo’yicha 
uy 
xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan 
paytda qanday omillar hisobga olinishi kerak? 

Uy xo’jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-hara-katida, 
jamg’ariladigan fondlarini yaratishda muhim rol o’ynaydigan ijtimoiy 
va psixologik jihatlarga nimalar kiradi? 

Uy xo’jaligining har qanday jamg’ariladigan stra-tegiyasi 
mustaqil bo’lgan qanday uch qismdan tarkib topadi? 

Uy xo’jaligi jamg’arish strategiyasining qanday turlari bo’lishi 
mumkin? 

Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida 
qanday tendentsiya paydo bo’layapti va u nimada namoyon 
bo’lmoqda? 

Uy xo’jaliklari daromadlarining ta’rifini aytib bering. 

Eng umumiy ko’rinishda, uy xo’jaliklarining jami daromadlarini 
qanday ikki guruhga ajratish mumkin? 

Uy 
xo’jaliklari natural daromadlari qanday paydo bo’ladi va 
uning tarkibi nimalardan tarkib topadi? 

Uy xo’jaliklarining natural daromadlari qanday holatlarga 
muvofiq ravishda o’zgarib turishi mumkin? 

Uy xo’jaliklarining pul daromadlari nima va ular qanday 
ko’rsatkichlar yordamida hisoblanadi? 

Nominal daromadlar nima va bu ko’rsatkich qanday 
daromadlarni tavsiflaydi? 

Uy xo’jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog’i 
nimaning darajasiga bog’liq? 

Hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal 
daromadlar o’rtasida qanday farq mavjud? 

Ega bo’lingan daromadlar deyilganda nimalar nazarda tutiladi? 
Bu daromadlar qanday maqsadlarga 
mo’ljal-langan? 

Real daromadlar nima va bu ko’rsatkich nimalarni o’zida aks 
ettiradi? 

Real daromadlarning o’zgarishi nimaga bog’liq bo’ladi? 

Agar baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan 
daromadlarning o’sish tezligidan past bo’lsa, uy xo’jalik-larining real 
ega bo’lingan daromadlari o’sadimi yoki kamayadi? 

Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida real 
daromadlar qisqaradimi yoki 
ko’payadi? 

Uy xo’jaliklari pul daromadlarining eng asosiy tur-larini aytib 
bering. 



Mehnat haqining (ish haqining) tarkibiga nimalar kiradi? 

Bozor 
munosabatlariga 
o’tilishi 
bilan 
uy 
xo’jaliklari 
daromadlarining 
tarki
bida 
mehnat 
haqi 
salmog’i 
biroz 
pasayganligining sabablari nimada? 

Hozirgi sharoitda ish haqining yashirin shakllariga nimalar 
kiradi? 

Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi kim tomonidan 
o’rnatiladi, u nima deb ataladi va uning tarkibiga nimalar kirmaydi? 

Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lashda hozirgi 
paytda qanday muammolar mavjud? 

Ijtimoiy to’lanmalarni tasniflash me’zonlarini aytib bering. 

Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning qanday 
ko’rinishlari mavjud? 

O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar qanday 
ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin? 

Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning 
qanday ko’rinishlari bor? 

Ijtimoiy to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko’ra 
qanday turlarga ajratish mumkin? 

Tadbirkorlik 
faoliyatidan 
olinadigan 
uy 
xo’jaliklari 
daromadlarining tarkibiga nimalar kiradi? 

Uy xo’jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari qanday 
ko’rinishlarda amal qiladi? 

Uy xo’jaliklari turli guruhlari daromadlarining tabaqalanishi 
(differentsiatsiya qilinishi) qanday ob’yektiv va sub’yektiv omillar 
ta’siri ostida sodir bo’ladi? 

Uy xo’jaliklarida ega bo’lingan real pul daromad-larining 
o’sishiga, daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga 
nimalar o’z ta’sirini ko’rsatadi? 

Uy x
o’jaliklarining xarajatlari nima? 

Uy xo’jaliklarining xarajatlari qanday omillar bo’yicha 
tasniflanadi? 

Davriylik nuqtai-
nazaridan uy xo’jaliklarining xara-jatlari tarkibini 
aytib bering. 

Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari 
nimalardan tarkib topadi? 

Funktsional 
mo’ljallanganligiga 
ko’ra 
uy 
xo’jaliklari 
xarajatlarining tarkibi nimalardan iborat? 



Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari 
qanday guruhlarga 
bo’linadi? 

Real pul xarajatlarining 
turlari bo’yicha uy xo’ja-liklarining 
xarajatlari qanday ikki guruhdan tashkil topadi? 

Iste’mol xarajatlarining miqdori nimalarga bog’liq? 

Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari sub’yektiv 
omillarga ham ta’sirchan bo’lganligi uchun ular-ning orasidan 
nimalarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin? 

Makroiqtisodiy nuqtai-
nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining 
iste’mol xarajatlari qanday ikki eng muhim xususiyatga ega? 

Aholi daromadlari va xarajatlari balansining eng umumiy 
ko’rinishi qanday bo’lishi mumkin? 

Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining daromadlar 
qismiga nimalar kiradi? 

Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining xarajatlar qismi 
nimalardan tashkil topadi? 

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib 
olish va xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga nimalarni 
oladi? 

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi
sifatida majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badal-larning o’sish 
tendentsiyasiga ega ekanligi qanday omillar bilan bog
’langan? 

Davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy 
shaxslarning daromadlari va mulkidan olina-digan soliqlar qanday 
muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi? 

Uy xo’jaliklarining jamg’armalari qachon paydo bo’ladi va uning 
asosida qanday ziddiyat yotadi? 

Jamg’arma munosabatlari sohasida qanday ko’p tomon-lamali 
aloqalar, manfaatlar, maqsadlar vujudga keladi va qo’shilib ketadi? 

Uy 
xo’jaliklarining jamg’armalarini shakllantirish va ulardan 
foydalanish nimalar bilan belgilanadi? 

Jamg’armalar hajmining o’zgarishiga qanday holatlar ta’sir 
ko’rsatadi? 

Jamg’armalarni qanday turli belgilarga ko’ra tasnif-lash 
mumkin? 

Jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra jamg’ar- 
malarni nimalarga ajratish mumkin? 

Sabablari nuqtai-nazaridan uy 
xo’jaliklari jamg’arma-larining 
qanday ko’rinishlari bo’lishi mumkin? 



To’plash shakllari bo’yicha uy xo’jaliklari jamg’arma-larining 
qanday shakllari mavjud? 

Jamg’armalarning bog’langan (tashkil qilingan) shakllari 
qanday turli ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin? 

Hozirgi paytda uy xo’jaliklarida mablag’larni jamg’a-rish 
jarayonida ko’zga tashlanayotgan ijobiy tendentsiyalarni tushuntirib 
bering. 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin