bahoning tarkibi ,
birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir
elementning salmog’i esa
bahoning tarkibiy tuzilmasi deb ataladi.
Baholarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyidagi formulada
keltirilgan:
UB к = T + F к Bu yerda:
UB к - XYuSning ulgurji bahosi;
T - mahsulot tannarxi;
F к - XYuSning foydasi.
UB т =
UB к + C +UT у Bu yerda:
UB т - tarmoq ulgurji bahosi;
UB к - XYuSning ulgurji bahosi;
S -
soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i,
aktsizlar, sotuv solig’i va boshqalar);
UT у - ulgurji-
ta’minot ustamalari (ta’minot
va transport xarajatlari, ta’minot
XYuSining foydasi).
ChB =
UB т + S у Bu yerda:
ChB - chakana baho;
UB т - tarmoq ulgurji bahosi;
S у - savdo ustamasi (muomala xarajatlari,
savdo XYuSining foydasi).
Bahoning minimal chegarasini ishlab chiqarish chiqim-lari
miqdori aniqlab beradi. Ularning puldagi ifodasini
mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan.
Foyda bahoning majburiy
elementi hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividendlarni to’laydi,
ishlab chiqarishni kengaytiradi va modernizatsiya qiladi, kadrlarni
tayyor-
lashni amalga oshiradi, ijtimoiy sohaga mablag’ ajratadi.
Foyda bahoning muhim elementi hisoblanib, XYuSning moliyaviy-
iqtisodiy ahvoli uning hajmiga bevosita
bog’liq.
Tovarlar vositachilar (ta’minot-ta’minlash, savdo-sotib olish
XYuSlari va tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali