T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə130/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat krediti84. Hozirgi paytda sarflangan mablag’lari byudjetga qaytarilmaydigan (tiklanmaydigan) byudjetdan moliyalashtirish bilan bir qatorda davlat kreditlarini berish orqali korxonalarni kreditlashtirish rivojlana boshladi. Davlat byudjeti kreditlari tijorat banklari kreditlari va davlat byudjeti mablag’lari o’rtasida oraliq holatni egallaydi. Bir tomondan, byudjetdan moliyalash-tirishdan farqli ravishda bu kreditlar qaytarilish va tiklanish sharti bilan berilsa, ikkinchi tomondan, bu ssudalar bo’yicha foizlar umuman olinmaydi yoki olinsa, ularning darajasi bank kreditlarining foizlari dara-jasidan ancha past bo’ladi.
Davlat byudjeti kreditlari davlat korxonalariga va shuningdek, xususiy yuridik shaxslarga ham berilishi mumkin. Birinchi holatda davlat byudjeti kreditlari byudjetda ko’zda tutilgan limitlar chegarasida va shartlarda taqdim etiladi. Ikkinchi holatda esa davlat byudjeti krediti shartnoma asosida va faqat qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarish bo’yicha o’z majburiyatini bajarish borasida ta’minot ta’minlangan shartdagina berilishi mumkin. Davlat byudjeti kreditini qaytarish bo’yicha majburiyatni ijro etishni ta’minlashning


84 Aslida bu erda Davlat byudjeti hisobidan beriladigan kreditlar nazarda tutiladi. Shuning uchun biz bu o’rinlarda “davlat krediti” bilan bir paytning o’zida “davlat byudjeti krediti” tushunchasining ishlatilishini ham o’rinli deb hisoblaymiz.
usullari faqat berilayotgan bu kreditning 100% dan kam bo’lmagan miqdordagi bank kafolatlari, mol-mulk garovi, shu jumladan, aktsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar, badallar ko’rishidagi garovlar va boshqalar bo’lishi mumkin. Majburiyatlarni ijro etish ta’minoti yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan bo’lishi kerak. Moliya organlari tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini oldindan tekshirish va oldin berilgan davlat byudjeti kreditlari bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarning mavjud emasligi davlat byudjeti kreditlarini taqdim etishning majburiy shartlaridir.
Navbatdagi yil uchun davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda davlat byudjeti kreditlari berilayotgan maqsadlar, ularni taqdim etishning shartlari va tartibi ko’rsatiladi. Bir vaqtning o’zida ana shular bilan birgalikda davlat byudjeti yili doirasidagi muddatda va undan chetga chiqadigan muddatlarda taqdim etilishi mumkin bo’lgan davlat byudjeti kre-ditlarining limitlari hamda qarz oluvchi sub’yektlar bo’yicha cheklanmalar o’rnatiladi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin