T. Malikov O. Olimjonov moliya


Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə209/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Xususan:

    1. Iqtisodiy omillar. Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar(YaIM, Sanoatning o’sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi, inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o’zgarishi (1-jadvalga qarang), mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari va yig’ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, moliya bozorining valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o’zgarishlarni qayd etib o’tish mumkin.

    2. Siyosiy omillar. Siyosiy omillarning asosiylari sifatida prezident, davlat va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va uning natijalari, ularning iste’foga chiqishi, shuningdek, markaziy banklar yoki pul-kredit siyosati bilan shug’ullanuvchi davlat organlari rahbar kadrlar almashinuvi, geosiyosiy to’qnashuv va inqirozlarni ko’rsatish mumkin.

    3. Turli xabarlar va kutishlar. Global valyuta bozorida investorlarni harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli xabarlar, mish-mish gaplar, ovozalar asosida valyutalarni sotib ol va fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda ularni sot”. Global valyuta bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, shuningdek boshqa psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini faollashtirishi yoki susaytirishi mumkin.

    4. Fors-major holatlari. Favqulotda sodir bo’lgan hodisalar, masalan, suv toshqini, zilzila, yirik ko’lamli yong’in, turli zararli epidemiyalarni, gaz va boshqa zarralarni ommaviy tarqalishi, kuchli to’fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida turli darajadagi vayronagarchilikni yuzaga kelishi. Shuningdek, mamlakatda terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham valyuta kurslari o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

1-jadval
AQShning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini milliy valyuta kursi(qadri)ga ta’siri




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin