T. Malikov O. Olimjonov moliya


Aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar kursi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə217/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar kursi


– aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarning fond birjasidagi bahosi. Kurs dividend, foiz miqdoriga to’g’ri va ssuda foizining darajasiga teskari proportsional bog’liqlikda bo’ladi.
Amortizatsiya fondi – mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonada yaratiladigan (vujudga keltiriladigan, shakllantiriladigan) pul mablag’lari fondi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori.
Aktsizlar – keng iste’mol tovarlari va xizmatlaridan olinadigan egri (bilvosita) soliqlarning turlaridan biri. Tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifning tarkibiga kiritiladi. Odatda yuqori rentabelli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning yuqori foydasini byudjetga olish uchun
sotilayotgan mahsulotlarning sotish bahosiga davlat tomonidan o’rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va import qilingan aktsiz to’lanadigan mahsulotlarga aktsiz solig’i solinadi. Aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday mahsulotlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga aktsiz solig’ini to’laydi. Aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati va aktsiz solig’i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunday tovarlar jumlasiga ichimlik spirti, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum vinosi, kon’yak, shampan vinosi, pivo, ikra, tamaki mahsulotlari engil va yuk avtomobillari, zebi-ziynat buyumlari, neft va neft mahsulotlari hamda shu kabilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan aktsiz to’lanadigan tovarlar uchun ularning qo’shilgan qiymat solig’i hisobga olinmagan holdagi (aktsiz solig’i summasini o’z ichiga olgan) qiymati yoki mahsulotning tabiiy hajmi soliq solish ob’yekti hisoblanadi.
Aktsizosti mahsulotlar – ularga nisbatan aktsizlar o’rnatilgan (belgilangan) mahsulotlar. (Qarang: Aktsizlar).
Advalor soliq - mahsulot qiymatiga nisbatan qat’iy foiz stavkasida o’rnatilgan to’lov. Inflyatsiya sharoitida o’zining funksiyalarini avtomatik ravishda saqlab qoladi. Bu soliqning tarkibiga savdo soliqlari, importga nisbatan ko’pgina bojlar va boshqalar kiritilishi mumkin. Mahsulotlarni (jumladan, import mahsulotlarini ham), jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini soliqqa tortishda qo’llaniladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin