T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə216/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





  1. Xalqaro moliya deganda nimani tushunasiz?

  2. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalarini izohlang.

  3. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan omillar nimalardan iborat?

  4. Xalqaro moliyaning elementlarini izohlang.

  5. Jahon moliyaviy muhiti nima?

  6. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari nimalardan iborat?

  7. Xalqaro moliya munosabatlarining sub’yektlarini sanab o’ting.

  8. Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga nimalar kiradi?

  9. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan nimalarni o’rganadi?

  10. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga xos bo’lgan tendentsiyalarni izohlang.



Moliyaga oid atama va iboralarning izohli lug’ati




A


Aktuar hisob-kitoblar (sug’urtada) - tarif stavka-larini hisob-kitob qilishning iqtisodiy-matematik metod-lari majmui. Sug’urta fondini vujudga keltirishda (yara-tishda) har bir sug’urtalanuvchining (sug’urta qiluvchining) ishtirok etish salmog’ini aniqlab beradi, ya’ni tuzilgan sug’urta shartnomasiga muvofiq tarif stavkalarining o’lchamini aniqlaydi.
Aktsionerlik jamiyati – xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri. Uning kapitali aktsiyalarni joylashtirish orqali shakllanadi. Aktsionerlik jamiyatlari pul jamg’armalarining ishlab chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aktsiyalarni chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb) qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyat ko’rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi.
Aktsiya – aktsionerlik jamiyatining kapitaliga ulushning kiritilganligi xususida ma’lumot va uning egasiga dividend ko’rinishidagi daromadni olish huquqini beruvchi qimmatli qog’oz.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin