T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə219/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Byudjet jarayoni – Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish bo’yicha qonunchilik bilan reglamantatsiya qilingan hokimiyat organlarining faoliyati. Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining printsiplaridir.
Byudjet dotatsiyasi - o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag’lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet defitsiti - muayyan davrda byudjet xarajat-larining byudjet daromadlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjetdan mablag’ ajratish – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag’lari oluvchi-larga ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet profitsiti – muayyan davrda byudjet daromad- larining byudjet xarajatlaridan ortiq bo’lgan summasi.
Byudjet rospisi (ro’yxat-yozuvi) – byudjet klassifi- katsiyasining bo’linmalari bo’yicha daromadlar va xarajat-lar taqsimlanishining asosiy operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to’lovlarning byudjetga kelib tushish va byudjet mablag’larining sarflanish muddatlari o’z aksini topadi.
Byudjetiy rejalashtirish – turli darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatning umummilliy sotsial-iqtisodiy rivojlanish dasturi (ga) asosida (muvofiq ravishda) moliyaviy tizimning bo’g’inlari o’rtasida yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatining markazlash- tirilgan tarzda taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi.
Byudjetiy tartibga solish - hududlarning sotsial va iqtisodiy rivojlanishiga yo’naltiriladigan va hududiy byudjetlarni minimal zaruriy darajadagi daromadlar bilan ta’minlash maqsadida mablag’larni qayta taqsimlash.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin