T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjeti tuzilmasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə227/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat byudjeti tuzilmasi – respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli
jamg’armalari jamlanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining Respublika byudjetini hamda tumanlar va respublikaga (Qoraqalpog’istonga) bo’ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga olsa, viloyat byudjeti esa viloyat byudjetini, tumanlar va viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. O‘z navbatida, tumanlarga bo’linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iboratdir. Tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi.


Davlat byudjeti daromadlari – davlat byudjetiga jalb qilinadigan soliqli va nosoliqli mablag’lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’lari. O‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig’imlar, bojlar, shuningdek majburiy to’lovlar hamda soliq bo’lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti xarajatlari - davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’lari. Tarkibi quyidagilardan iborat: 1) byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun erga bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari;

  1. rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin