T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bojxona bojlarining stavkalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə225/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bojxona bojlarining stavkalari – hukumat tomonidan o’rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan mahsulotlarni olib o’tuvchi shaxslarga bog’liq bo’lmagan holda o’zgarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo’lib xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari bo’lishi mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan mahsulotlarning boj qiymatiga nisbatan foizda o’rnatiladi); b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan mahsulotning birligiga nisbatan aniqlanadi); v)
kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti birgalikda qo’llaniladi).
Boj deklaratsiyasi – milliy qonunchilikning talabla-riga muvofiq rasmiylashtirilgan, o’zida chegaradan o’tayotgan yuklar (eksport yoki import qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning qo’lidagi yuki, boyliklar va valyutalar) to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni davlat chegarasi orqali o’tkazib yurishda asos bo’lib hisoblanadi. Deklaratsiya bojxonaga qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki haftagacha mahsulot bojxonaga etib kelgan kunni ham hisobga olgan holda) taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj tarifining tegishli moddasiga asoslanish (suyanish), mahsulot partiyasining qiymati va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati kabilar o’zining aksini topishi shart. Boj deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga tortilish yoki tortilmasligiga bog’liqdir.


V




Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida ifodalangan bahosi. Eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining ahvoli bilan belgilanadi, shuningdek, turli mamlakatlardagi inflyatsiyaning nisbiy sur’atlariga, mehnat unumdorligining o’sish sur’atlari va uning mamlakatlar o’rtasidagi nisbatiga, YaMMning o’sish sur’atlariga (pulning tovar bilan to’ldirilish asoslariga), xalqaro savdodagi mamlakatning o’rni va roliga, kapitalning mamlakatdan chiqarilishiga bog’liq. Mamlakat to’lov balansining ahvoli, turli mamlakatlar pul bozorlaridagi foiz stavkalarining mamlakatlar o’rtasidagi farqlari, shu mamlakat valyutasining evrobozorlarda va xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi, mamlakat valyutasiga bo’lgan ishonch va boshqa omillar valyuta kursiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin