T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə226/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Valyutaviy cheklanmalar – valyuta, oltin va boshqa valyutaviy boyliklar bilan operatsiyalarning cheklanishiga yo’naltirilgan, qonuniy yoki ma’muriy tartibda o’rnatilgan tadbirlar va me’yoriy qoidalar majmui. Joriy to’lov balansi operatsiyalari bo’yicha ularerkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarga (AQSh
dollari, Yevropa ittifoqi evrosi, ingliz funt sterlingi, Shveytsariya franki va boshqalarga) nisbatan qo’llanilmaydi.


G




Grant – innovatsion xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba- konstruktorlik ishlarini, o’qitish, davolash va boshqa shunga o’xshash maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to’g’risida hisobot berish sharti bilan beriladigan mablag’lar tushuniladi.
Gerb solig’i – turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd etish yoki uning aktsionerlik kapitalini oshirish, ijara to’g’risidagi shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq.


D




Davlat byudjeti – davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlash- tirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo’lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag’lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish; 3) davlatning sotsial siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul mablag’larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin