T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə228/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish - davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag’ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag’larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti mablag’larini byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlash - 1) quyi byudjetlarga yuqori byudjetlardan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari berish; 2) byudjet ijrosi jarayonida paydo bo’lgan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni yuqori byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek, quyi byudjetdan yuqori byudjetga yo’naltirish; 3) byudjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika byudjetidan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar doirasida ajratilishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda paydo bo’ladigan daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi vaqtinchalik xazinaviy uzilish naqd pul aylanishi, yuqori byudjetlarga beriladigan byudjet ssudalari, foydalanilmagan byudjet mablag’lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida, viloyatlar va Tashkent shahri byudjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika byudjetiga o’tkazishi mumkin.
Davlat boji – yuridik ahamiyatga ega bo’lgan harakatlarni sodir etganligi yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan tegishli hujjatlari berilganligi uchun olinadigan majburiy to’lov. Turli instantsiyalardagi sudlarga berilgan ariza va shikoyatlar, notarial harakatlarning sodir etilganligi, fuqarolik holati
aktining davlat qaydidan o’tkazilganligi va tegishli organlar tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun davlat boji olinadi. Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujjatlarning xarakteriga bog’liq.
Davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi. Bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Bunda davlat qarz oluvchi sifatida maydonga chiqadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin