T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə236/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Investitsiyalar – yuridik jihatdan mustaqil bo’lgan korxonaga uzoq muddat (bir yildan kam bo’lmagan) davomida qo’shimcha foyda olish, ta’sir etish doirasini sotib olish maqsadlarida yoki shu sohada o’z faoliyatini tashkil qilgandan ko’ra uni shunday qo’yish (sarf etish) afzalroq bo’lganligi uchun kapitalni joylashtirish. Foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida pul mablag’lari, maqsadli bank omonatlari, aktsiyalar va boshqa qimatbaho qig’ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, boshqa har xil mulklar yoki mulkiy huquqlar hamda intellektual boyliklarni tadbirkorlik va faoliyatning boshqa turlari ob’ektlariga qo’yilishining barchasi investitsiyalar hisoblanadi. Investitsiyalarning moliyaviy, real, yalpi, sof, xususiy va davlat kabi turlari bo’lishi mumkin.
Investitsion soliq krediti – soliq to’lovchi tomonidan ma’lum bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha juda muhim buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soliq summasi doirasida beriladigan engillik, imtiyoz (soliq to’lovining kechiktirilishi). Bu kredit soliq to’lovchi va mahalliy ma’muriyat o’rtasida tuziladigan soliq bitimi bilan rasmiylashtiriladi. Investitsion soliq kreditini taqdim etish (berish),
rasmiylashtirish va qaytarish tartibi “Investitsion soliq krediti to’g’risida”gi qonunga muvofiq belgilanadi.
Investor – 1) o’z, qarziy va jalb qilingan mablag’larni investitsiyalar shaklida joylashtirishni amalga oshiruvchi va ularning maqsadli foydalanilishini ta’minlovchi investitsion faoliyat sub’yekti; 2) qimmatbaho qig’ozlarni sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Imtiyoz – ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to’liq) ozod etish, ma’lum bir afzalliklarga (qulayliklarga) ega bo’lish, masalan, soliq imtiyoziga.
Ish faolligi solig’i - bir necha xorijiy mamlakatlarning (masalan, AQShda) soliqqa tortish amaliyotida qo’llanilib, o’z tarkibiga ikki elementni oladi: 1) korxonaning umumiy yillik oborotni soliqqa tortish (odatda 1,0%dan 2,5% gacha); 2) ish haqi fondini soliqqa tortish.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin