Yo’l fondini shakllantiruvchi soliqlar – yoqilg’i-moylovchi materiallarni sotishdan olinadigan soliq, avtomobil yo’laridan foydalanuvchilardan olinadigan soliq, transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq va transport vositalarini sotib olganlik uchun to’lanadigan soliqdan iborat.
K
Kafolat fondi– davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjeti tarkibida tuziladigan fond.
Korxonalarning davlat reestri– soliq to’lovchilarni soliq inspektsiyasida hisobga olish uchun qo’llaniladi va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi.
Ko’chmas mulk - er bilan mustahkam bog’liq bo’lgan er maydonlari, alohidalashtirilgan suv ob’ektlari, o’rmonlar, ko’p yillik o’simliklar, binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko’chirilishi shu narsalarning mo’ljallanganligiga zarar etkazadi. Ko’chmas mulkning tarkibiga davlat qaydidan o’tgan havo va dengiz kemalari, kosmik ob’ektlar ham kiradi. Ko’chmas mulkning asosiy belgisi sifatida er hisobga olinadi. Qonun bo’yicha ko’chmas mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin.
Korxona mulki– asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zahiralarining yig’indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo’natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi.
Kvota – 1) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish hissasi; 2) xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy tashkilotning ustav fondi yoki kapitalida mamlakatning badali; 3) soliqqa tortish birligidan olinadigan soliqning stavkasi (absolyut ifodada yoki hissa ko’rinishida); 4) nimaningdir qismi, hissasi, normasi (me’yori), miqdoriy cheklanishlar.