T. Malikov O. Olimjonov moliya


Daromad solig’i bo’yicha jarimalar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə232/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Daromad solig’i bo’yicha jarimalar – ushbu soliq to’lanmaganda, noto’liq to’langanda yoki to’lash tartibi buzilganda (rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko’rsatishdan iborat. O‘z vaqtida ushlab qolinmagan, noto’liq ushlangan yoki tegishli byudjetga o’tkazilmagan soliq summalari jismoniy shaxslarga daromad to’laydigan korxona, tashkilot va muassasalardan undirishga mo’ljallangan summaning 10% hajmidagi jarimani birgalikda qo’shib, soliq organlari tomonidan so’zsiz undirib olinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor sifatida qayddan o’tgan jismoniy shaxslardan soliq o’z vaqtida tegishli byudjetga o’tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun to’lov muddatidan keyingi kundan boshlab to’langan kungacha (bu kun ham qo’shiladi) 0,5% miqdorida penya undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan ozod etmaydi.
Daromadiy (daromadli) soliqqa tortish – daromadlarning olinish vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
Daromadlardan olinadigan soliq – foyda solig’idan tashqari aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog’izlar bo’yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan dividentlar va foizlardan, kazinolar, videosalonlarning daromadlaridan, o’yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy kontsert-tomosha tadbirlarini o’tkazishdan olingan daromadlardan korxona va tashkilotlar tomonidan to’lanadi.
Dividentlar – taqsimlashga mo’ljallangan aktsionerlarning sof foydasi (daromadi); aktsionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aktsiya uchun aktsionerlarga ma’lum davrdan so’ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to’lanadigan daromad.
Dotatsiya – davlat byudjetidan qaytarilmaydigan tartibda beriladigan pul mablag’lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar (ziyon)lar korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra vujudga kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin