T. Malikov O. Olimjonov moliya


Byudjet tizimining asosiy printsiplari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə222/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Byudjet tizimining asosiy printsiplari - byudjet tasnifi tizimi, hisobga olish-byudjet hujjatlari va byudjet jarayoni tuzilishining yagonaligi; byudjet tuzilishining ma’muriy-hududiy tuzilishga muvofiqligi; turli darajadagi byudjetlarning o’zaro bog’liqligi; Davlat byudjetining balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar bo’yicha va xarajatlarini yo’nalishlar (moddalao) bo’yicha rejalashtirish; Davlat byudjeti xarajatlarini tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida sarflash; barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligidan iborat.
Byudjet tizimini boshqarish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari – Davlat byudjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etish va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish, Davlat byudjetining ijrosini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, davlat maqsadli fondlari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash, Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tasdig’iga kiritish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlardan iborat.
Byudjet tizimini boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatlari - davlat byudjeti loyihasini tayyorlash (shakllantirish), Davlat byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjet mablag’lari tushumi va sarfining tartibini belgilash hamda nazoratini amalga oshirish, respublika byudjeti xarajatlarini amalga oshirish, byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish, byudjet mablag’lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, o’z vakolatlari doirasida umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin