T. Malikov O. Olimjonov moliya


A бў - bazis (o’tgan) davrdagi aylanma mablag’larning miqdori (yillik o’rtachasi); R



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə53/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

A бў - bazis (o’tgan) davrdagi aylanma mablag’larning miqdori (yillik o’rtachasi);
R ж - hisobot (joriy) davrda realizatsiya
qilingan mahsulotlar hajmi;
R ў - o’tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan mahsulotlar hajmi.

Aylanma mablag’larning aylanuvchanligini tezlash-tirish XYuS moliyaviy holatini mustahkamlashning muhim rezervi hisoblanadi. Buning natijasida iqtisod qilingan mablag’lar investitsiyalarga, innovatsion faoliyatga, aktiv-larning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga va h.k.larga yo’naltirilishi mumkin.


Moliyaviy rezervlarni jalb qilishda moliyaviy leverijdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Kompaniyaning aylanmasiga turli shakllarda qarz mablag’larni jalb qilish evaziga rentabellikning o’sishiga moliyaviy leverij deyiladi. Moliyaviy leverij XYuS qarz kapitalining XYuS o’z kapitaliga nisbatini ko’rsatuvchi moliyaviy faollik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi tarzda ko’rsatish mumkin:


K мф = K q : K ў

Bu yerda: K мф - moliyaviy faollik koeffitsienti yoki


moliyaviy leverij;
K q - qarzga olingan kapital;
K ў - o’z kapitali.
Bu ko’rsatkich ko’pchilik hollarda moliyaviy richag (dastak) ko’rsatkichi deb ham yuritiladi va bunda qo’shimcha qarz kapitalni jalb qilishning richagi (dastagi) bo’lib kompaniyaning o’z kapitali maydonga chiqayotganligi nazarda tutiladi. Bank ssudalari va kreditorlik qarzlari ko’rinishlarida jalb qilingan qarz kapitaldan foydalanish ular jalb qilingunga qadar erishilgan rentabellik
darajasidan ko’ra yuqoriroq bo’lgan rentabellik darajasiga erishishni ta’minlasagina samarali bo’lishi mumkin. Bu, o’z navbatida, XYuSdan qarz mablag’larni yanada samaraliroq foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki moliyaviy dastak samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabellikning yangi darajasi XYuS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining foizini va qaytarilish muddati o’tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari uchun to’lov (penya)larni to’lashni etarli darajada (hatto ancha oshgan holda) qoplashi kerak. Qarz mablag’lardan foydalanish XYuSning maksimal qo’shimcha foyda olishini ta’minlamog’i lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko’rinishi quyidagi chizmada keltirilgan:


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin