T. Malikov O. Olimjonov moliya


Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə32/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bo’ldiki, uning boshlanishi nemis olimlarining (G.Shmoller, M.Veber, A.Vagner va boshqalar) nomlari bilan bog’liq. Davlat moliyasini tadqiq qilish bilan ko’proq A.Vagner shug’ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni jamg’arishning o’z echimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, ijtimoiy-madaniy va investitsion) ko’lamini kengaytirish nuqtai-nazaridan muammoni hal etishga yondoshib, u soliqqa tortishning to’qqiz printsipini ishlab chiqdi va ularni quyidagi guruhlarga birlashtirdi:

  • etarlilik va harakatchanlik;

  • kerak bo’ladigan manba va ob’ektni tanlash;

  • eng umumiylik va tenglik;

  • aniqlik, qulaylik, arzonlik.

Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur tamoyillarini to’ldirdi. Klassik burjua siyosiy iqtisodidan so’ng A.Vagner mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsimlashga erishish uchun davlat moliyadan foydalanishi mumkin, deb hisobladi.

Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida.


X1X asrning o’rtalaridan uning oxirigacha moliya fani marksistik ta’limotning ta’siri ostida bo’ldi. Kapitalizm sharoitida moliyaning mohiyati, ayrim moliyaviy kategoriyalarning roli va ahamiyati K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engels (1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat moliyasi masalalariga bag’ishlangan maxsus katta ishlar ularda bo’lmasa-da, shunday bo’lishiga qaramasdan, kapitalizmning juda ko’p moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va X1X asrning o’rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss va frantsuz byudjetlarining tavsifiga bag’ishlangan ko’p sonli maqolalarida o’z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bo’lgan davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog’langanligini ko’rsatdi.
Kapitalning dastlabki jamg’arilish usullarini tadqiq qilib, ularning safiga birinchi navbatda, moliyaviy metodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana shu metodlar kapital jamg’arilishining yuqori sur’atlarda o’sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi.
K.Marks va F.Engels eng muhim moliyaviy kategoriya hisoblangan soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini o’rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qo’shimcha ekspluatatsiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab keldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig’iga ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og’ir bo’lgan egri (bilvosita) soliqlarni u “kekirtakdan oladigan” progressiv soliqlar, deb atadi.
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig’i (profitsiti yoki defitsiti) masalasidir, deb e’tirof etdi. Aynan ana shu qoldiq soliqqa tortishning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi.
Biroq moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va protektsionizm) ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg’arilishining oshib borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og’irlashib boradi, degan K.Marksning g’oyasi hayotda isbotlanmadi. U foyda, foiz, renta va ish haqi o’rtasidagi nisbatning davlat va uning moliyasi yordamida
o’zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. U ortiqcha ishlab chiqarishning davriy (tsiklik) inqirozlari tahlilida davlatning iqtisodiy va shu jumladan, moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi mumkinligiga ishonmadi.
X1X asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning cheklanganligi nazariyasining tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu nazariya marksistik ta’limotga qarshi reaktsiya (aks ta’sir) sifatida maydonga kelgan edi. Bu nazariya moliya sohasiga ham tegib o’tdi. Uning vakillari, o’z baholashlaridagi katta farqlarning mavjud bo’lishiga qaramasdan, mehnatning qiymat nazariyasiga qarshi chiqdilar va uni sotib oluvchilarning xohish-istaklari yordamida aniqlanadigan baholar tahlili bilan almashtirdilar. Muhim moliyaviy kategoriyalar bo’lgan davlat xarajatlari va soliqlar ular tomonidan davlat va xususiy shaxslar o’rtasidagi ko’p sonli individual bitimlar sifatida talqin qilindi. Bir vaqtning o’zida, ularning fikricha, davlat xizmatlarining cheklangan foydaliligi soliqlarning cheklangan foydaliligi bilan hamnafas bo’lmog’i lozim edi.
Birinchi jahon urushiga qadar iqtisodiy fan, asosan, tadbirkorlik erkinligi printsipiga tayangan holda, davlat va uning moliyasini mamlakat iqtisodiyotiga aralashuviga nisbatan qarshi turdi. Ishlab chiqarish va taqsimlashni davlat tomonidan tartibga solish faqat Birinchi jahon urushi yillaridanoq amalga oshirila boshlandi. Jahon iqtisodiy inqirozi yillariga (1929-1933 yillar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin