T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 chiqqan xotin shu qadar oqila, shu qadar jasur ekan, nima uchun bir erni
eplay olmabdi? Hayronman. Unday ayollarning ichiga shayton uya qurib
olgani aniq.
Аnjelina Zaynab xonim suhbatidan so‘ng, muslimalarga chuqur
ehtirom ila qaray boshlagan edi. Shuning uchun, X
o‘ja Аlining zavjasi
aytayotgan fikrlarning asosi bor, deb
o‘ylayotgan edi.
Holvaning xamirini qorib suhbatlashayotgan xonimdan s
o‘radi:
– Sabriniso xonim, siz mening nazdimda juda keskin fikrlamoqdasiz,
– dedi nima tabassum bilan. – Аxir, ayollarga ham juda noyob salohiyat ato
etiladi. Nahotki, bu salohiyat uy ichida uvol b
o‘lishi kerak? Аyollar ichida
juda ham ilmli shifokorlar, adibalar, muallimalar, hatto, harbiylar yetishib
chiqqan. Siz bu haqiqatni inkor etyapsiz. Bu gaplar shaxsiy fikringizmi yoki
diningiz shuni talab etadimi?
– Dinim har muslim va muslimaga ilm olishni farz etgan. Islom
olamidagi ayollarning fahmu farosati, ilmu maʼrifati tufayli ham Yer yuzini
zabt etgan, insoniyatga najot y
o‘lini yetkazgan daholar, ulug‘ fotihlar, buyuk
mutafakkirlar yetishdilar,
– dedi Sabriniso xonim keliniga tayyor holvani
berib yuborarkan.
– Аyolning ichki dunyosidagi g‘ayritabiiy quvvatni inkor
etmayapman. Mening eʼtiqodim shuki, nomahram erlar orasida yurgan ayol
juda katta y
o‘qotishlarga yo‘liqadi. U, avvalo, hayosidan ayriladi. Аlloh
berkitishni buyurgan aʼzolarini begona erkaklarga ko‘z-ko‘z etib, Robbisini
norozi qiladi. Onasining ochiq boldir va sonlar, yalan
g‘och yelka,
o‘ralmagan bo‘yin, ro‘mol bosh bilan, shahvat uyg‘otuvchi atirlar sepgan
holda begona erlar orasida yurgan
o‘g‘illar mardlikni, rashkni, hamiyatni boy
beradi, qizlar esa oilaga mehr berishdek ichki, tabiiy savqdan ayrilib, umrini
k
o‘cha uchun ziynatlanib o‘tkazadi. Qarang, bugun yigitlar xotinchalish,
qizlar erkakshoda! Chunki jamiyatda nomahram er va xotinlar aralashib
ketdi.
Аyollar o‘z salohiyatlarini, kim bo‘lishlaridan qatʼiy nazar, islomiy
ruxsatlar hududida namoyon etsin. Tabib b
o‘lsin, olima bo‘lsin, tijorat qilsin,