T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Podshoh yana bolaga qarab: «Senga Аlloh haqida kim gapirib
berdi?» – deb so‘radi. Bola: «Аytmayman», – dedi. Podshoh bolani
azoblashni buyurdi. Bola qiynoqlarga chidolmay rohibning ismini aytib
q
o‘ydi.
Rohibni tezda podshoh saroyiga keltirdilar. Podshoh unga ham
dindan qaytishni buyurdi. Rohib esa: «Аllohdan bo‘lak iloh yo‘q!» – dedi.
Podshohning buyru
g‘i bilan uni ham azoblashdi va arralab o‘ldirishdi. Yerda
rohibning qonga
g‘arq bo‘lgan, parchalangan badani, suyaklari yotardi.
Podshoh esa bolaga: «Ko‘rdingmi? – dedi. – Sen ham diningdan
qaytmasang, shu ahvolga tushasan!»
Bola esa: «Аllohdan bo‘lak iloh yo‘q!» – dedi. Podshoh g‘azab otiga
mindi, u, albatta, bolani dindan qaytarishga qasd qildi. Chunki butun
mamlakatga bolaning dovru
g‘i tarqalib, Аllohni taniyotganlar ko‘payib
borayotgan edi. Podshohning nazdida, bolani
o‘ldirishdan ko‘ra qo‘rqitib,
o‘ziga bo‘ysundirish maqbul ko‘rindi. Shuning uchun o‘z askarlaridan bir
nechasini chaqirib, amr qildi: «Bolani toqqa olib chiqing, yaxshi gapiring,
q
o‘rqiting, dindan qaytsin, qaysarlik qilsa, cho‘qqidan pastga uloqtirib
yuboringlar!»
O‘N TO‘QQIZINChI BOB
– Bilasizmi, xonim, – dedi Xo‘ja Аlining xotini Аnjelinani diqqat bilan
tinglagach.
– Biz uy ayollarimiz. Siz aytayotgan ko‘p gaplarga aqlimiz
yetmaydi, erimiz s
o‘ramasa, biror masalada maslahat ham berolmaymiz.
Chunki biz ayollarning farz ibodatdan keyingi eng muhim ishi
– farzand
dunyoga keltirish, uni parvarishlash, tarbiyalash, erning xizmatini qilish va
uy ichini ozoda, batartib, sarishta saqlab, borni oshirib, y
o‘qni yo‘ndirishdir.
Аyollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning huquqini taʼminlash kabi tumtaroq
safsatalardan shaxsan mening ensam qotadi. Huquq talab qilib k
o‘chaga