T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 orqasiga kishanlangan q
o‘lining barmoqlariga ulashadi. Qani, keyin ham
jinoyatga iqror b
o‘lmay ko‘rsin-chi! Iqror bo‘ladi, onasini emib yotgan
paytidan boshlab, s
o‘nggi nafasigacha bo‘lgan har daqiqani eslab,
tergovchiga sayraydi. Yana bir y
o‘li: ularning orqa teshigiga yelimtayoq
tiqishadi. Yoki mirshabtayoqqa achchiq qalampir yoki yopishqoq yelim surib
q
o‘yilsa, nima bo‘ladi, bilasanmi? Dod, deydi-da! Tergovda ularning
qovur
g‘alari, oyoq-qo‘li, burni sinishi, boshi yorilishi eng yaxshi qiynoq. Аna
shunaqa!
Аbdulloh bu gaplarni eshitib, nafasi siqa boshladi, qo‘llari qaltiray
boshladi.
Аydar esa zavqu shavqqa to‘lib vaysardi:
– Islomiylarning tergovi bir taraf, kamera va jamloq bir taraf, – deb
Аydar gazeta parchasiga yangitdan tamaki o‘rashga kirishdi. – Kamerada
yigitlar ularni tepib tashlashadi, xojatxonani tozalashadi, idish
–tovoq
yuvadi. Jamloqda esa eng o
g‘ir ishlarni qilishadi: g‘isht quyishadi,
pishirishadi, yuklashadi. Ohak tayyorlashadi, rangli b
o‘yoq tayyorlashadi,
beton quyishadi. Har kuni va har hafta, albatta, belgilangan alohida
kaltaklari bor. Ularga gaplashish, boshlarini k
o‘tarish, osmonga, yon-atrofga
qarash mumkin emas. Bir
o‘zi yurishlari taʼqiqlangan. Safda yonma-yon
o‘tirib qolishsa, tamom! Hollariga maymunlar yig‘laydi. Chunki islomiylar
shunga munosib! Ular xalq dushmani! Kommunizmga xiyonat qilishgan!
Xudo,
Аlloh, deb odamlar ongini zaharlashadi. Eng yomoni, ana shu
maymunlar sababli bizning qamoqlarda mahkumlar azobda. Hozir
jamloqlarda bir million mahkum saqlanadi. Besh yuz mingi islomiy. Qolgan
besh yuz ming aybsiz
o‘tiribdi. Chunki islomiylarni boshqarish uchun biz
kabi tarbiyali odamlar kerak. Shuning uchun, k
o‘chada mirshablar har oyda
yigirmata odamni, albatta, qamashi kerak. Shunga majbur. Bunga esa
islomiylar aybdor.