T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 tortib,
Аbdulloh tarafga sezilar-sezilmas tutun pufladi, tamakini esa
Naynovga berdi, Naynov ham yutoqib tortdi va Kichkinaga tutqazdi,
Kichkina ham faxr bilan tamakini qabul qilib, ehtirom k
o‘rsatib, xuddi Аydar
va Naynovga
o‘xshashga tirishib, tutunni ichiga so‘rdi.
Bu orada «choy ham ko‘tarildi», shekilli, Аydar o‘z qo‘li bilan quyuq
qaynoq choyni finjondan finjonga tashlab, shopirdi. Kamerani choy hidi
qopladi, biroq buni mahbuslar sezmasdi: b
o‘g‘iq havo, tamaki tutuni bilan
bitgan dimoqlar hidlarni ham farqlamay q
o‘ygan edi, zotan.
Choyni biroz tindirib,
Аydarning o‘zi ho‘pladi, orqasidan tamakini
s
o‘rdi va ko‘zini yumib, juda «huzurlanib» «Oh, oh!» dedi. Undan keyin
Naynov va Kichkina ham achchiq choydan ichishdi.
– Bilasanmi, Kichkina, – dedi Аydar salmoqlab. – Men to‘rtinchi
o‘tirishimni Rossiyada o‘tkazganman. Tomsk degan joyda bir qamoq bor. E,
juda ajoyib u qamoq! Mahkumlar jannatda yashaydi. Qora dori, nasha,
aroq, qizlar
– hammasi bemalol. Mirshablar mahkumlardan qo‘rqadi.
Mahkumlarning kattasini
o‘rischalab, bratuxa deyishadi. Bratuha o‘g‘ridan
kelgan buyruqlarni bajaradi. Bratuxaga gap yo
‘q! U yerda mahkumlarni
mujik deyishadi. Qamoqda hamma narsa mujiklar uchun. Grev, skachuxa,
teplota! Iya, sizlar bu gaplarni qaerdan ham tushunardinglar! Bizning
qamoqlar unday emas. Tomskdagi qamoqni qora deyishadi. Chunki
bratuxa
polojeniega
qaraydi.
Polojenieni
ham
bilmaysan-ku,
a?
Tushuntiraman, desam, sochim oqaradi. Xullas, mana bu achchiq choyni
Tomskda chifir, deyishadi. ChIFIR degani chay
– istochnik filosofii i razuma
degani. Maʼnosi choy falsafa hamda aql manbasi, deganidir.
Аydar gapirarkan, Kichkina unga lol bo‘lib tikilib o‘tirardi. Naynov esa
Аydarning bu «hikoya»ga umuman aloqasi yo‘qligini yaxshi bilardi, chunki
Аydar hech qachon Tomskda bo‘lmagan, u ham qaysidir kazzobdan shu
rivoyatni eshitib, yodlab olgan edi. U bu «rivoyat»dan yangi qamalganlarni
aldash uchun foydalanadi.