T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Аbdulloh, – dedi u. – Mana shu qog‘ozga menga aytganlaringizni
batafsil yozing. Eng mayda jihatlarga ham diqqat qarating.
Аbdulloh advokati Tublibekka savolomuz qaradi.
– Shunday, qonunga ko‘ra tushuntirish xati yoziladi, – deb tushuntirdi
advokat.
– Unutmang, Аbdullohbey, bu xat jinoiy ishning yuragi
hisoblanadi.
– Tushundim, – dedi Аbdulloh va: «Bismillah», – deya yozishga
kirisharkan, ichida duo
o‘qidi: «Robbi ishrohli sodri, va yassirli amri, vahlul
uʼqdatan min lisani, yafqohu qovli».
Аbdulloh o‘qigan bu duo Toha surasining 25 – 26-oyatidir. Muso
alayhissalom firʼavn huzuriga Аllohning amrini bajarmoq uchun yo‘l oldi.
Va mazkur duoni
o‘qidi: «Robbim, O‘zing qalbimni keng qilgin, ishimni
oson ayla! Tilimdagi tugunni yech: s
o‘zimni anglasinlar!»
Аlloh taolo payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga
vahiy y
o‘li ila Muso alayhissalom qissasini bildirdi, Muso alayhissalom
o‘qigan buyuk duoni o‘rgatdi. Qurʼoniy bu duo katta va mushkul ish
qarshisida turgan har bir m
o‘min uchun Аllohga yolvorish, Undan yordam
s
o‘rashning eng to‘g‘ri, eng ishonchli yo‘li bo‘lib qoldi. Аbdulloh ham bo‘lib
o‘tgan voqeani bayon etishga kirishar ekan, shu duoni o‘qidi, qalban
Аllohga tavajjuh etdi.
Аbdulloh tergovchining taʼlimiga tayanib, tushuntirish xatida dastlab
o‘zini tanishtirdi, soxta guvohlik yoki ko‘rsatma bermasligini aytdi, keyin
voqeani bayon qildi. Voqea juda qisqa edi, ch
o‘zib yozishning imkoni
b
o‘lmadi: «Bir uyg‘urni bir xitoyi urdi, men mazlumni himoya qildim, xolos».
Tergovchi tafsilotlarni batafsil
o‘rganishini maʼlum qildi, daʼvogar
jab
rlanuvchi hamda guvohlar bilan yuzlashtirishini taʼkidladi, imzolash
ishlarini yakunlagach, hujjatlarni papkaga joyladi, advokat bilan
Аbdullohni
qoldirib, xonani tark etdi.