T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Tublibey, – dedi Аbdulloh. – Sizga telefon raqam beraman, iltimos, 
uyimga q
o‘ng‘iroq qiling. Ota-onamga vaziyatni ayting. Xavotir olmasinlar. 
O‘g‘lingiz tezda qaytadi, deng, maylimi? 
– Аlbatta, shunday deyman, – dedi Tublibek ko‘zoynagini ro‘molchasi 
bilan artib. 
– Mana bu varaqqa raqamlarni yozing. 
...
Аbdulloh kameraga qaytib, o‘z o‘rniga chiqib o‘tirarkan, juda 
charchaganini his etdi. Sheriklari 
Аydar va Naynov esa, negadir, o‘zgarib 
qolgan edilar. Ular 
Аbdullohga ko‘p eʼtibor berishmadi. «Keldingmi» ham 
demadilar. Ularning suhbat mavzularida 
o‘zgarish bor edi. 
Аydar yosh kameradoshga «Kichkina» deb laqab qo‘ydi.
Darhaqiqat, Kichkinaning b
o‘yi ham, o‘yi ham, yoshi ham kichkina edi. 

Аydar va Naynovning yo‘rig‘idan chiqmay qoldi. Аydar unga juda 
«g‘amxo‘r» edi: qamoq hayotidagi «qahramonliklar», o‘g‘rilik «sirlari», firib 
berish «mahorati»dan juda ko‘p maʼruza o‘qirdi, qamoq jargonlarini qo‘llash 
qoida va 
o‘rinlarini o‘rgatardi. Kichkinaning nazarida, Аydar eng aqlli, 
ustomon odamga aylandi. Naynovning yakkayu yagona muhim ishi 
Аydarni 
tasdiqlashdan iborat. 
Аbdulloh bu davraning odami emasligi avvaldan maʼlum bo‘lgan. Biror 
«suhbat»ga aralashmagani bois kamera ahliga begonalashdi. Hozir ham 
tergovdan qaytdi, unga sovuqqon munosabat ana shu begonalik bilan 
sharhlansa -da, bu boshqa aniq sababga bo
g‘lanadi. Аbdulloh tergov 
berarkan, 
Аydar mirshabboshining qabulida navbatdagi «maxsus» 
topshiriqni oldi. 
Jamloqlarda mahkumlar ikki toifaga ajratilgan: terrorchi va jinoyatchi. 
Terrorchilarning umumiy ravishda ikki xil sifatlanadi: yuvosh va 
ashaddiy. Yuvosh terrorchilar tartibotga qatʼiy itoatkor, qamoq «bayram» 
tadbirlarida juda faol, qamoq ishlab chiqarishida jonini berib ishlaydi, 
namozu ibodatdan oshkora voz kechgan. Ularning eng «namunali»lari 
mirshablar bilan hamkorlik qiladi va ochiq kufr yoki shirk ila dindan yuz 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin