T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 o‘girgan. Yuvoshlar uchun ancha yengilliklar bor, buning tafsilotini keyingi
boblarda,
Аlloh nasib etsa, kitobxonlar bilib olishadi.
Аshaddiy terrorchilar esa qamoqda odam sonidan chiqarilgan
mahkumlardir. Ularni mirshablar ham, boshqalar ham oddiy hayvon yoxud
zararkunanda hasharot kabi k
o‘radi. Hasharot bo‘lganda ham, ko‘proq
suvarak, deb
o‘ylashadi. Chunki ular ashaddiy terrorist!
Ularning ashaddiyligining birinchi belgisi
– mirshablar bilan hamkorlik
qilishmaydi. Bu yerda esa: «Menga do‘st emasmisan, demak,
dushmanimsan!» qonuni ishlaydi.
Аshaddiylar tamaki, nos chekmaydi, so‘kinmaydi, dindan ham
chiqmagan, hamisha ozoda yuradi, mehnatdan b
o‘yin tovlamaydi, faqat
eng xavfli ishlari: ular bir-birlari bilan gaplashishadi, bir-birlariga
qay
g‘urishadi, bir burda nonini ham sherigiga ilinadi, ustiga ustak, pichirlab,
imo-ishora bilan namoz
o‘qiydi, Qurʼon qiroat qiladi, bir nuqtaga tikilib
qoldimi, tamom, qandaydir zikr bilan mash
g‘ul!
Jinoyatchilar va yuvoshlarning qamoq hayotidagi eng muhim vazifasi,
aniqroq aytsak, umrining mazmuni ashaddiylarning har daqiqasini
mirshablarga yetkazib berishdir. Har bir ashaddiyga biriktirilgan yuvoshlar,
jinoyatchilar
bor.
Ular
o‘z nishonlarining uyqudagi hurragi, yel
chiqargandagi ovoz detsibili, peshob payti necha daqiqa sarflanishi va
hakozo daqiq maʼlumotlarni xotiralariga, qalblariga joylab, mirshablarni
bundan, albatta, ogoh etishlari shart. Bu ular uchun «farz», ular uchun
«vojib».
Jinoyatchilarning deyarli hammasi mirshablar bilan hamkorlikda
yashaydi. Yashaydi, deyapmiz, chunki hayotlari shunday
o‘tadi. Bu
hamkorlik mahkumlar hayotining ikir-chikirlaridan mirshabni xabardor qilib
turishdir. Bu ishni jinoyatchilar yo ochiq, yo pinhon bajarishadi. Ochiq
bajaruvchilar hammaga ayon, pinhon faoliyatdagilar esa nomaʼlum.