T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 juda k
o‘p sinovlar, balolar keladi, hech kimga mening ismimni ayta ko‘rma!»
– deb tayinladi.
Yurt podshohining yaqinlaridan birining k
o‘zi ko‘rmay qoldi. Unga bola
haqida aytishdi. Podshohning qarindoshi bolaning oldiga kelib: «Iltimos,
k
o‘zimni davola», – dedi. Bola: «U holda, olamlarning yakka Robbisi,
sherigi,
o‘xshashi, tengi bo‘lmagan, har bir ishning Egasi Аllohga iymon
keltir! Shundagina men seni davolay olaman», – dedi. Ko‘r odam darhol
iymon keltirdi, koinotni, butun borliqni yolg
‘iz Аlloh yaratgani va insonlar
Аllohning yo‘lidan yurishlari shart ekanligiga iymon keltidi. Bola esa
Аllohning nomini aytib, uni davoladi.
Podshoh k
o‘r bo‘lgan qarindoshining ko‘zlari qayta ko‘rayotganidan
xabar topdi. Uni chaqirib, bu ishni kim qilganligini s
o‘radi. Qarindoshi:
«Meni bir yosh bolaning Robbisi davoladi», – dedi. Podshoh bolani
huzuriga chorlatdi.
«Sen juda kuchli sehrgar bo‘lib yetishibsan!» – dedi bolaga.
«Bu sehr emas, – dedi bola. – Bu Аllohning marhamati, zotan,
kasallikni beradigan ham
Аlloh, shifo ato etadigan ham Аllohdir!»
Podshohga bu gap yoqmadi.
«Men sening Robbingman, – dedi qahr bilan. – Аllohdan voz kech!»
«Yo‘q, – dedi bola. – Sen oddiy bandasan, Аlloh esa butun olamning
yakka Robbisidir. Uning sherigi y
o‘q!»
Podshoh bolani q
o‘yib, o‘z qarindoshiga yuzlandi: «Sen ham shu
bolaning Robbisiga iymon keltirdingmi?» – deb so‘radi. «Ha», – dedi
qarindoshi.
«Tezda bu dindan qayt! – deb buyurdi podshoh. – Аks holda, seni
o‘ldiraman!»
Biroq podshohning yaqini dinidan qaytmadi, podshoh jallodlarni
chaqirib, uni arralashni amr etdi. Jallodlar uni arralab, bir necha b
o‘lakka
b
o‘lib tashlashdi, hammayoq qonga belandi.