T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Xonaning yuzi kunchiqarga qaragan. Derazaning tagida sopol y
o‘lak. 
Y
o‘lakdan so‘ng gulzor. Gulning adadsiz turlari o‘sadi, go‘yo. Roziya xonim 
bir necha kun Shafiqani 
o‘z holiga qo‘ydi. Lekin uch kundan so‘ng Shafiqa 
xonimga aytdiki, u uy ishlarida k
o‘maklashmoqni istaydi. Xonim qabul etdi. 
Keliniga buyurdiki, u Shafiqaga qilajak ishlarini k
o‘rsatadi. 
Oradan bir oy 
o‘tdi. Shafiqa Roziya xonimni muttasil mutolaa, tilovat, 
ibodat ustida k
o‘rdi. Xonim na ovoznigor tinglaydi, na oynayi jahon ko‘radi. 
Bo
g‘ o‘rtasidagi ayvonda tong va oqshmoda Qurʼon, tafsir, hadis o‘qiydi. 
Xonim shu qadar sokin, shu qadar maʼnoli ediki, Shafiqa u bilan ko‘proq 
suhbatlashmoq xohladi. Oqshomlarning birida ayvonga bordi, xonim 
o‘tirgan so‘riga chiqib, tiz cho‘kdi. Roziya xonim kitobdan ko‘zini olib, 
Shafiqaga boqdi, k
o‘zoynagini ko‘zidan tushirdi. 
– Men pokistonlikman. Lahordanman, – deb so‘z boshladi Shafiqa. U 
o‘z hayotining sahifalarini varaqladi. Har bir varaqda u o‘qishni 
istamaydigan iztirobli satrlar bor, biroq u 
o‘qidi. Hammasini Roziya xonim 
qarshisida 
o‘qidi. 
Shafiqaning dardli qissasi yarim tunga ch
o‘zildi. Roziya xonim uni 
katta eʼtibor ila tingladi, so‘zlarini bo‘lmadi, so‘ngra dediki: 
Xato qilish Odam atodan meros, Shafiqa. Tavba qilish ham uning 
sunnati. Robbisining qoshiga siniq qalb ila borish beayblik davosi ila 
borishdan k
o‘ra yaxshiroqdir, inshaАlloh. Nadomat xanjari qalbingga 
naqadar chuqur botganini 
Аlloh bilguvchi. Bu jarohat qalbingni Аllohga 
butkul taslim etsin! Bilurmisan, hidoyat y
o‘lini topish unda yurishdan 
o
g‘irroq, zotan, shayton hamisha u yo‘ldan ozdirmoq qasdida. Bugun biz 
dajjol madaniyati davrini boshdan kechirmoqdamiz. Dajjolning bir k
o‘zi bor. 
Dajjol madaniyati insoniyatni bir zalolat botqo
g‘iga botirdi. Bundan qirq yil 
oldin har bir xalqning 
o‘z urfi bor edi. O‘z qoidasi, o‘z libosi, o‘z niyati, o‘z 
taqvosi bor edi. Bugun dunyoning hamma xalqi bu boylikni boy berdi. Hech 
bir millatning asliyati qolmadi. Odamzod 
o‘z asliyatidan yuz o‘girdi. O‘z 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin