T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
ildizidan uzildi. 
Аsliyatda qolaman deganlarni qoloq deyish urf bo‘ldi. 
Аsliyatga talpinganlarni dushman deb bilish qoidaga aylandi. Bugun Yer 
yuzining qaysi nuqtasiga qadam bosma, bir xil narsani k
o‘rasan: insoniyat 
yechinishga, semirishga, yeb 
–ichishga, kayfu safoga mukkasidan 
ketganlar Yer yuzini egalladilar. Hech birida muqaddas eʼtiqod yo‘q. Erning 
ayoldan, ayolning erdan farqi qolmadi. Katta va kichik orasidagi hadlar 
barbod b
o‘ldi. Bu shayton o‘yini, bu dajjol madaniyatidir. Odamzodning 
asliyati 
– Аllohga bo‘lgan komil iymondir. Shafiqa, sen komil iymonga 
erishmo
g‘ing lozim. 
– Qanday? Men din olimining farzandiman. Din nafasi ichida ulg‘ayib 
siz aytayotgan neʼmatni topmadim. Yod olganim aqiyda matnlari, Qurʼon 
oyatlari, hadislar mening dardimga davo b
o‘lmadi,
– dedi Shafiqa qayg‘uda.
– Siz yana qanday iymonni aytmoqdasiz? 
– InshaАlloh, buni o‘zing kashf etajaksan, qizim, – dedi Roziya xonim.
Subhi sodiq qirgan edi. Bomdod namozini ado etdilar. Shafiqa tobora 
o‘zi istagan Bir Hidoyatga yaqinlashayotganini sezdi. 
Keyingi suhbatda Roziya xonim Shafiqani yana savolga tutdi: 
– Musulmonmisan? 
– Аlhamdulillah, musulmonman, – dedi Shafiqa. 
– Musulmon ekanligingni qay tariqa bildirasan? – so‘radi Roziya 
xonim. 
– Shahodat kalimasi ila, – dedi Shafiqa. – Аshhadu an la ilaha 
illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh. 
– Subhanalloh, – dedi Roziya xonim. – Shahodat kalimasining 
maʼnosi nedir? 
– Аllohdan bo‘lak Iloh yo‘q deb guvohlik beraman, – dedi Shafiqa. – 
Va Muhammad Uning bandasi va elchisidir deb guvohlik beraman. 


T.me/akrommalik 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin