T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
qonlar t
o‘lib oqqan daryolar bor. Biz bu qudratni g‘aflatimiz sababli 
y
o‘qotdik. Uni bir kunda yo‘qotmadik, juda sekin yo‘qotdik. Buyuk davlatimiz 
o‘zimizga sezdirmasdan nurab, yer bilan yakson bo‘lib yiqildi. Uni yana 
asliday tiklamoq uchun ajdodlar bosib 
o‘tgan yo‘lni xuddi ular kabi bosib 
o‘tmoq lozim. Bobolarimiz azim qudratga erishib, oliy davlatni qurish uchun 
naqadar mashaqqat chekkan b
o‘lsalar, xuddi o‘sha mashaqqatlar kutib 
turibdi. 
Biroq bu sharafni his etadigan, bu azamatni, bu qudratni taniydigan 
nasllar qachon tu
g‘ilib, bu yo‘lga jonlarini tikib otlanishlari yolg‘iz 
Robbimizga ayon! 
«Аmir Olimxon ana shularni so‘yladi. Men amirga u ko‘rsatgan ulug‘ 
y
o‘ldan yurishimni aytdim. U Аlloh yordamchi bo‘lsin, dedi. Men afg‘on 
to
g‘larida, turkman sahrolarida lashkar yig‘ib, kofir o‘risga qarshi jihod qilib, 
yurtimni uning harom oyo
g‘idan poklamoqchi edim. Shu maqsadda 
Istanbulga keldim. Bu yerda esa, qazoi qadarda bor ekan, ikkinchi 
k
o‘zimdan ham ayrildim. Shu yerda qolib ketdim.
Shermuhammadbekning qay
g‘uli qissasi Ehson afandiga ham 
Ibrohim Yorqinga ham kuchli taʼsir etdi. Qarshilarida o‘tirgan keksa 
pahlavon qanoti kesilgan, k
o‘zlaridan mahrum qilingan burgutga o‘xshaydi. 
Uning yuragi yonyapti, shijoati vujudiga si
g‘maydi, biroq yurishni istamay 
qolgan oyoqlar, k
o‘rishni xohlamayotgan ko‘zlar u shijoatning namoyon 
b
o‘lishiga izn etmaydi. 
– Ibrohim, basharti, ko‘zlarim ko‘r bo‘lib, oyoqlarim yurib turganda 
edi, otimga minib ota Turkistonimga ketar edim, 
– dedi u yana bir xiyol 
jimlikdan keyin. 
– Subhanalloh, – dedi Ibrohim Yorqin. 
– Ot ustida jangchilarga xos sharaf ila shahid bo‘lmoq orzuyimdir, 
Robbim bu orzuyimni ijobat etgaymi, y
o‘qmi, bilmayman, – deb qo‘ydi 
Shermuhammadbek. Ular kechgacha keksa mujohidning ziyoratida qoldilar. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin