T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
edi, zotan, hamma shu iqlim asiri, undan tashqarida nafas olmagach, toza 
havoni tanimoq mumkinmi?! 
Ibrohim Yorqin xonadoni kengaydi. U turmushga kirib kelayotgan har 
bir yangilikka teran razm solar edi. Odamlarning shoshib qaygadir 
chopishlariga qarab, oynayi jahon tasvirlarini k
o‘rib, ovoznigor sasini 
tinglab, insoniyatga ulkan t
o‘fon yaqin qolganini sezar edi. Bu, albatta, 
rosmana t
o‘fon emas, ramziy bir to‘fon edi. Qalblarni mahv etadigan, mehru 
oqibatni 
o‘ldirib, barchani xudbinlik zindoniga yakka –yakka qamaydigan 
T
o‘fon edi bu. 
Ibrohim Yorqin ruhoniy 
o‘tmishning eng so‘nggi vakili edi. U 
farzandlariga 
o‘zi ko‘rayotgan haqiqatlarni anglatishga tirishdi, ko‘p tirishdi, 
shunda tuyqus angladiki, jigarg
o‘shalari go‘dak ekanidayoq ularning ongi 
va qalbiga begona uru
g‘lar kelib tushibdi. Ibrohim Yorqinning to‘ng‘ichi 
savdoni tutdi, keyingisi, yaʼni Аbdulloh Yorqin yangi sohaga – kompyuter 
ilmiga qiziqdi, t
o‘rt nafar qiz ko‘rgan edi, ularning biri shifokor, biri muallima, 
qolgani uy bekasi b
o‘ldi. O‘tmishdagi Toza Dard yuki, Shaʼn Qayg‘usi 
Аbdullohning yelkasiga ortilgan edi. Biroq u buni bilmasdi. Uning qalbi 
tubida 
o‘zlik ehtiyoji, deb atalgan vulqon yashirin edi. Bu vulqon otilsa, o‘z 
sohibini hammadan avval kuydirishi muqarrar. 
Аna shu muqarrar hodisa 
Аbdulloh Yorqin Urumchiga borganida sodir bo‘ldi. Bu paytga kelib, Ibrohim 
Yorqinning yoshi oltmishga yetgan, 
Аbdulloh uylanib, bir o‘g‘il ko‘rib, uni 
katta bobosining ismi bilan Qilichbek, deb chaqirgan edi. Xitoyda, ayniqsa, 
Shinjondagi voqealar daragi Yer yuzi b
o‘ylab tarqalayotgan pallada 
Аbdulloh Yorqin Urumchiga borishini otasiga aytdi. 
– Nima qilasan u yerda, bolam? – deb so‘radi ota. 
– Uyg‘urlar uchun taʼlim dasturi ishlab chiqdik, u yerdan bu dasturga 
munosiblar tanlandi. S
o‘nggi sinovga meni taklif qilishdi, hakamlik uchun, – 
sababni izohladi 
o‘g‘il. Ibrohim Yorqin chuqur o‘yga botdi va dedi: 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin