T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Birinchi ishim Bolqonda boshlanadigan b
o‘ldi. Bolqon tarixda uzoq
yillar turk fotihlari k
o‘l ostida bo‘lgan. Bu yurtlarga turklar majburan Islom
dinini singdirganlar. Biz suratga oladigan fil
ьm serblarning turklarga qarshi
ayovsiz kurashlariga ba
g‘ishlanishi lozim edi. Men yo‘l –yo‘lakay tarixchi
olimlar, arxeologlar bilan k
o‘p suhbatlashdim, ilmiy –hujjatli filьmning
stsenariy
g‘oyasini miyamda pishitib, sinopsis qoralashga kirishdim.
Saraevoga joylashdik.
Аytishlaricha, shu shahardagi arxeologik
yodgorliklar bizning bosh obʼektimiz, tasvirlar, dalillar shu yerdan yig‘iladi,
mahalliy xalq bilan, mutaxassislar bilan suhbat qilinadi, men ishga
sh
o‘ng‘idim. Saraevo juda go‘zal shahar ekan. Havosi yoqdi. Odamlari
kamsuqum, Yevropaning boshqa shaharlari aholisidan keskin farqli edi.
Masalan,
g‘arbiy va janubiy Yevropada erkinlik qonunga aylangan. Shahar
k
o‘chalari naqadar go‘zal va sokin bo‘lmasin, sassiz shovqinni tinglaysan,
k
o‘rinmas isyonni ko‘rasan. Bolqon esa mutlaqo boshqa dunyo edi.
Musulmonlar k
o‘p. Hammasi serb. Hayotlaridan mamnun. Menga berilgan
faktlarga k
o‘ra, serblarni turklarga qarshi kurashini yoritishim kerak edi,
biroq serblarning turmushida buni sezmadim.
– Yo‘nalishni o‘zgartirish kerak, – dedim ijodiy guruh majlisida. –
Taxminan Bolqonga Islomni kirib kelishi, serb va turk munosabatlari
masalalarini asosiy
o‘ringa chiqarishimiz kerak.
– Nima uchun? – dedi loyiha rahbari. Men dalillarimni taqdim etdim.
Tarix haqiqatini xolis yetkazmoq uchun serb va turk xalqi orasida,
musulmonlar va
g‘ayrimusulmonlar o‘rtasida ziddiyat uyg‘otadigan
jumlalarni q
o‘llash shart emas, balki bu kabi so‘zlardan qochish zarur,
dedim.
Bahs boshlandi. Kimdir meni rad etdi, kimdir maʼqulladi. Vaqt esa ziq.
– Bizning maqsadimiz turklarni bosqinchi, Islomni esa zulmkor din
sifatida k
o‘rsatish emas-ku! – dedim men. – Balki, tarixiy haqiqatni xolis
yoritish, yaʼni turklar Bolqonga nima uchun, qanday kirib keldi, oqibati