T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Qandoq yaxshi! Olib kel yonimga, – dedi mehribonlik bilan.
Ulardagi ehtirom, mulozamat va lutf qarshisida
o‘zimni hayotimda ilk marta
ancha be
o‘xshov, ochig‘i, qo‘pol va dag‘al his etdim.
«Bu bir shakl, – dedim o‘zimga o‘zim. – Mohiyatga boqish lozim.
Bunday g
o‘zal muomala go‘zal bir ichki dunyoning mevasimi, yo‘qmi?»
Ochi
g‘i, o‘sha gumonlarim uchun bugun uyalaman.
O‘N IKKINChI BOB
Аbdulloh Yorqin Uyg‘ur diyoriga uchib borarkan, ota yurt diydoridan
biroz b
o‘lsa -da, hayajonga tushdi. Har xil maʼlumotlar uning tasavvur
dunyosida Vatan qiyofasini mujmal holga keltirgan edi.
Uchoqdagi y
o‘lovchilarning xotirjam chehralari Xitoy tomonga
yaqinlashganlari sayin xavotirga chulg
‘anayotganini Аbdulloh yaqqol sezdi.
Kulib turgan k
o‘zlar maʼyuslashdi, o‘z –o‘zidan boshlar egildi, odamlar
o‘ychanlashdi, yuzlardagi ajinlar ham quyuqlashib, ko‘payib ham ketdi,
g
o‘yo.
O‘ttiz yilki, bu makonlardan yiroqda suv ichgan, go‘dakligidayoq
qardoshlar
o‘lkasiga taqdiri olib ketgan bir farzand o‘laroq Аbdulloh bu
holdan ajablandi. Zotan, u hali haqsizlik taʼmini totgani yo‘q, zotan, u zulm
changalida hargiz ingranib k
o‘zyosh to‘kkan emas. Muztarib va mazlumning
olamini iztirob chekmagan, zulm k
o‘rmagan zot qaerdan bilsin?!
Uchoq bir silkinib pastlay boshladi. Tuyqus
Аbdulloh o‘z kayfiyatida
o
g‘ir havoni sezdi. Uchoqning g‘ildiraklari yerga tekkan ondan eʼtiboran u
vujudini
g‘alati huzun butkul egallaganiga iqror bo‘ldi, holbuki, ko‘ngilni xira
qilgulik biror voqea hali r
o‘y bermadi. Holatini tahlil qilishga ulgurmay,
Аbdulloh o‘zini uchoq eshiklari yonida ko‘rdi, dimog‘iga Urumchi nafasi
urildi. Y
o‘lovchilar shoshilib, nimadandir qo‘rqqandek zinadan pala –partish
tushar edi.